Toşkent şahrida «XXI asr qandli diabeti. Global muammolar. Mahalliy yeçim» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötmoqda. Soğliqni saqlaş vazirligi, Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Özbekiston endokrinologlarining milliy assotsiatsiyasi tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirda mahalliy endokrinologlar bilan birgalikda Rossiya, AQŞ, Gruziya va Ukrainaning şu sohadagi yetuk mutaxassislari ham iştirok etmoqda.
«Ma'lumotlarga köra, hozirgi vaqtda dunyoda 425 milliondan ortiq odam diabet bilan oğrimoqda, ularning aksariyatini 2-tur qandli diabet taşkil qiladi. Eng açinarlisi, ularning har ikkinçisi öz kasalligi haqida bilmaydi. Uşbu muammoning dolzarbligini hisobga olgan holda, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti qandli diabetni XXI asr epidemiyasi deb e'lon qilgan.

Özbekistonda diabetli bemorlar soni 245 mingdan oşgan bölib, ularning 2,3 mingdan ortiğini bolalar va 879 nafarini ösmirlar taşkil qiladi. Mamlakatning qator hududlarida ötkazilgan skrining natijalariga köra, aslida diabetli bemorlar soni rasmiy statistikadagidan ança köp bölişi mumkin. Bu esa endokrinologlarni uşbu masalaga jiddiy yondaşişga, kasallikni erta aniqlaş, davolaşning innovatsion usullardan foydalanişga undaydi. Uşbu ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi qandli diabet muammosiga endokrinolog, nevrapotolog, okulist, qon-tomir jarrohi kabi mutaxassislarning e'tiborini jalb qiliş va birgalikda yagona, zamonaviy yondaşuvlar işlab çiqiş, tajriba almaşişdan iborat.

Tadbirda ta'kidlanganidek, zamonaviy tibbiyotning ustuvor vazifalaridan biri davlat va jamiyat uçun katta ma'naviy va moddiy zarar keltiruvçi oğir tibbiy-ijtimoiy kasalliklar hamda ularning asoratlari oldini olişdir. Sönggi uç yil davomida aholiga tibbiy yordam körsatiş, jumladan, endokrinologik xizmat sohasida katta özgarişlar böldi. Tizimni takomillaştirişga oid farmon va qarorlar qabul qilindi. Endokrinologik muassasalar tajribasiga endokrin kasalliklar taşxisi va davosining bir qator zamonaviy usullari joriy etildi. Endokrinologik patologiya profilaktikasi tizimi takomillaştirilmoqda.
Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan bu yönalişdagi işlarni yanada yaxşilaş, endokrin kasalliklarni oldini oliş, erta taşxislaş va davolaş maqsadida Milliy dastur, çora-tadbirlar kompleksi, «Yöl xaritasi» loyihasi tayyorlandi, şuningdek, Milliy dasturning 2019–2023 yillarga möljallangan asosiy vazifalari belgilangan.












