Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği bilan Alimov Anvar Valiyeviç Akademik Yo. Töraqulov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Anvar Alimov 1955 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1978 yilda hozirgi Toşkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan soğliqni saqlaş xodimi, tibbiyot fanlari doktori.

Mehnat faoliyatining ilk davrida Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutida dekan, keyinroq Özbekiston Respublikasi prezidenti devonida konsultant, yetakçi konsultant (1994-1999), Toşkent pediatriya tibbiyot instituti rektori (2000-2009), Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari (2009-2012) kabi mas’ul lavozimlarida işlagan.

2012-2016 yillarda soğliqni saqlaş vaziri bölgan, bundan taşqari, 2006-2020 yillarda ham Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori hisoblangan.

Professor Anvar Alimov 2020 yildan hozirga qadar Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat körsatib kelayotgan edi.