Bugun, 18 oktabr kuni, jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudida sudlanuvçilar Bahriddin Isamov va Mansur Tuymayevga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Oliy sud matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvçi Aziz Obidovning Kun.uz’ga xabar berişiça, mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudi raisi Lutfulla Mamarajabov raisligida körib çiqildi.

E'lon qilingan sud hukmiga köra, Bahriddin Isamov (1963 yilda Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida tuğilgan, millati - özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti – örta-maxsus, oilali, «Hisor sarloçin» MÇJda işçi bölib işlagan) Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,98-moddasi (kuçli ruhiy hayajonlaniş holatida qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş)da tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga şu modda bilan 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi. Ehtiyot çorasi sifatida 2019 yil 21 iyuldan 2019 yil 29 avgustga qadar 1 oy 8 kun qamoqda ötirgan kunlari tayinlangan jazodan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 62-moddasi (dastlabki qamoq vaqtini hisobga oliş qoidalari) ga asosan çegirilib, qat'iy ötaş uçun 1 yil 10 oy 22 kun ozodlikni çeklaş jazosi qoldirildi.

Mansur Tuymayev (1976 yilda Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida tuğilgan, millati - özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti - oliy, oilali, Yakkaboğ tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlagan) Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi (xususiy mulk huquqini buziş) 3-qismi «a» bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 1 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda eng kam oylik iş haqining 510 baravari miqdorida ya'ni, 103 392 300 söm jarima jazosi tayinlandi. Jarimani davlat foydasiga undiriş belgilandi. Tuymayevning jinoiy harakatlari oqibatida 61 nafar tadbirkor va 30 nafar fuqaroga yetkazilgan moddiy zararni töliq qoplab beriş majburiyati Yakkaboğ tuman hokimligi zimmasiga yuklatildi.

Mazkur jinoiy iş böyiça sudga raislik qiluvçi tomonidan sudlanuvçilarga va boşqa tomonlarga hukm ustidan şikoyat qiliş tartibi va muddati tuşuntirilgan.