Yakkaboğ tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Mansur Tuymayevning hayotiga suiqasd qilganlikda ayblanuvçi tadbirkor Bahriddin Isomov ayni paytda Toşkentda sud-psixiatriya ekspertizasini ötmoqda. Bu haqda Özbekiston Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
«Yakkaboğ tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Mansur Tuymayevning hayotiga suiqasd qilgani holati yuzasidan 20 iyul kuni Bahriddin Daminoviç Isomovga nisbatan ÖzR JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
B.Isomovning himoya huquqi ta'minlanib, himoyaçisi Ş.Ğoyirov iştirokida gumon qilinuvçi tariqasida söroq qilingan. B.Isomov 21 iyul kuni JPKning 221-moddasi tartibda uşlanib, bu haqida yaqin qarindoşlariga ma'lum qilingan va qarindoşlari tomonidan olib kelingan kiyim-keçak va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlangan.
22 iyulda Isomovga ayb e'lon qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Ayblanuvçi qarindoşlari tomonidan taklif qilingan himoyaçisi X.Jabborov bilan xoli uçraşişi uçun şaroit yaratib berilgan.
Şuningdek, ayblanuvçiga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanib, JIB Yakkaboğ tumani sudining 22 iyuldagi ajrimi bilan statsionar tartibda sud-psixiatriya ekspertizasi ötkaziş uçun Toşkent şahriga yuborilgan.
22 iyul kuni B.Isomov turmuş örtoği Nodira Haydarova va öğli Şarofiddin Daminov bilan uçraşuv taşkil qilib berilgan», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Eslatib ötamiz, 20 iyul kuni tadbirkor Bahriddin Isomov oldindan ogohlantirmasdan va tovon pulini tölamasdan kredit mablağlari hisobiga qurilgan ikki qavatli dökon va sex binosini buzmoqçi bölgan hokim örinbosari ustiga benzin sepib, öt qöyib yuborgan edi.
«Yakkaboğ voqeasi»: Qonunlarni oyoqosti qilgan mas'ullar ham jazolanadimi?Şu kuniyoq tuman prokuraturasi tomonidan Isomovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va u tegişli protsessual tartibda uşlangandi.

















