Internetda Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida tadbirkor dökonini buzmoqçi bölgan hokim örinbosariga benzin quyib yoqib yubormoqçi bölgani tasvirlangan video tarqaldi.
Unda guvohlar tilidan «Dökon egasi 2 litr baklaşkaga solingan benzinni olib çiqdi-da, buldozer ustida ötirgan hokim örinbosarining ustiga sepib yubordi. Keyin gugurt çaqib, ustiga otgan edi Tuymayev yonib ketdi. Odamlar uni buldozerdan tuşirib, tepib-tepib öçirdi» deyiladi.
Kun.uz muxbiri mazkur hodisa bölib ötgan hududga borib, voqea guvohlari bilan suhbatlaşdi. Şu mahallada yaşovçi, voqeani közi bilan körgan bir neça kişi 20 iyulda sodir bölgan uşbu voqea videoyozuvlarini taqdim etdi. Videotasvirlarda Yakkaboğ tumani hokimi örinbosari Mansur Tuymayevning ekskavatorda ötirib tadbirkorlarga tegişli binolarni buzayotganini köriş mumkin. Jumladan, hokim örinbosari tadbirkor Bahriddin Isomovga tegişli ikki qavatli savdo va maişiy xizmat uyini buza boşlaganida tadbirkor keskin norozilik bildiradi. Uning noroziligi e'tiborsiz qoldirilgaç 1 litrli suv idişida ekskavator kabinasiga benzin sepib yuborgan. Tasvirlarda hokim örinbosari M.Tuymayev ötirgan kabina va tadbirkorning öziga taxminan ikki soniya olov örlaganini köriş mumkin.

Ayni vaqtda videotasvir orqali tadbirkor Bahriddin Isomov ham kuyiş tan jarohati olganini bilganimiz sababli tadbirkor bilan körişişni niyat qildik. Mahalla vakillari tadbirkorni içki işlar xodimlari olib ketişganini ma'lum qilişgaç, tuman IIBga bordik. Içki işlar bölimi navbatçisi bino ta'mirlanayotgani sababli tadbirkorning bu yerda emasligi, aynan qaysi tuman IIBda saqlanayotganini bilmasligini ma'lum qildi. Tadbirkorning öğillari esa otasiga 21 iyul kuni soat tungi 00:00 atrofidagina tibbiy xizmat körsatilganini aytmoqda.


























