Yakkaboğ tuman hokimining örinbosariga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomov Toşkentdagi 1-sonli tergov izolyatoriga joylaştirilgan. Bu haqda Boş prokuratura Axborot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinov matbuot brifingi çoğida ma'lum qildi.
21 iyul kuni B.Isomov ÖzR JPKning 221-moddasiga muvofiq hibsga olingan edi. Kelgusi kuni u sud-psixiatriya ekspertizasidan ötiş uçun Toşkentga yuborilgan.
«Ayni vaqtda u birinçi tergov izolyatorida. Hozirda u 15 kunlik karantinda. Tergov natijasida hammasi aniq böladi», – dedi Şamsuddinov.
Eslatib ötamiz, 20 iyul kuni tadbirkor Bahriddin Isomov oldindan ogohlantirmasdan va tovon pulini tölamasdan kredit mablağlari hisobiga qurilgan ikki qavatli dökon va sex binosini buzmoqçi bölgan hokim örinbosari ustiga benzin sepib, öt qöyib yuborgan edi.
Şu kuniyoq tuman prokuraturasi tomonidan Isomovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va u tegişli protsessual tartibda uşlangandi.
Hokim örinbosari esa şifoxonaga yotqizilgan, keyinroq u işdan olinib, öz vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oşirgani sababli unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli bandlari asosida jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















