Bugun, 17 sentabr kuni, jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudida sudlanuvçilar Bahriddin Isamov va Mansur Tuymayevga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni boşlandi.
Oliy sud matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berişiça, mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudi raisi Lutfulla Mamarajabov raisligida körib çiqilmoqda.
Şu yilning yozida tadbirkor Bahriddin Isamov Yakkaboğ tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlagan Mansur Tuymayev «Hisor sarloçin» MÇJning dökonlarini buzişga kelganida uning ustiga benzin sepib yoqib yubormoqçi bölgandi.
Tadbirkor 21 iyul kuni Isomov Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibda uşlangandi. 22 iyul kuni Isomovga ayb e'lon qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Tuman hokimi örinbosari ham egallab turgan lavozimidan böşatilib, unga nisbatan ham JKning tegişli moddalari bilan jinoiy iş oçilgan edi.
Bahriddin Isamov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,98-moddasida («kuçli ruhiy hayajonlaniş holatida qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Mansur Tuymayev esa Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi («xususiy mulk huquqini buziş») 3-qismi «a» bandi va 206-moddasi («hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş») 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sud davomida 15dan ortiq jabrlanuvçi va 60dan ziyod guvoh söroq qilinadi.
Sud jarayoni davom etmoqda.
Keyingi sud majlisi 25 sentabr kuni ötkaziladi.
Ma'lumot uçun, Jinoyat kodeksining 98-moddasida kuçli ruhiy hayajonlaniş holatida qasddan odam öldirganlik uçun 2 yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan.

















