Jahon banki tomonidan har yili 17 oktyabrda nişonlanadigan Xalqaro qaşşoqlikni tugatiş kuni arafasida Markaziy Osiyodagi qaşşoqlik darajasi töğrisidagi yangi ma'lumotlar e'lon qilindi.

“Ijobiy holat sifatida aytiş mumkinki, Markaziy Osiyoda qaşşoqlikni kamaytiriş sohasidagi jarayon davom etmoqda. Şu bilan birga, bu jarayon hozirgidan avvalgiga nisbatan ança sekin. Şu bois barqaror va har tomonlama ösişni ta'minlaş böyiça qöşimça sa'y-harakatlar mintaqa mamlakatlaridagi ustuvor yönalişlardan biri bölişi lozim", - deydi Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Liliya Burunçuk.

2000-yillardan boşlab Markaziy Osiyoning barça mamlakatlari qaşşoqlikni kamaytiriş borasida sezilarli yutuqlarga erişdilar, ammo buning aksariyat qismi ötgan ön yillikning dastlabki yillariga töğri keladi.

2002 yildan 2009 yilgaça bölgan sakkiz yil davomida Tojikiston va Qirğizistonda qaşşoqlik darajasi yiliga örtaça 7 foiz punktiga kamaydi - Tojikistonda qariyb 70 foizdan 25 foizgaça va Qirğizistonda 20 foizgaça. Biroq şundan söng qaşşoqlik darajasi pasayişi keskin sekinlaşdi va Tojikistonda yiliga örtaça 1 foizga pasaygan (2019 yilda 25 foizdan prognoz qilinayotgan 13 foizgaça) va Qirğizistonda 2009 yildan hozirgi kungaça 20 foiz darajasida qolmoqda.

Qozoğistonda 2000-yillar boşlarida qaşşoqlik darajasi allaqaçon past bölgan va 2002 yildan 2009 yilgaça yiliga 4 foiz punktidan pasaygan. Bu vaqtga kelib, mamlakatda kam ta'minlangan davlatlarga nisbatan qöllanadigan kuniga 3,20 dollar miqdor körsatkiçi böyiça qaşşoqlikka deyarli barham berildi.

Biroq Qozoğiston mansub bölgan daromadi örtaça darajadan yuqori bölgan (kuniga $ 5,5) mamlakatlar uçun qöllaniladigan körsatkiçdan foydalanilsa, qaşşoqlik darajasi 2013 yilda eng past 6 foizga yetgan va öşandan buyon 7 foizdan yuqori darajada saqlanib kelmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida qaşşoqlikni kamaytiriş sur'atlarining sekinlaşişi qator iqtisodiy muammolarni aks ettiradi, şuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uçun iş bilan ta'minlaş va munosib haq tölaş borasidagi qiyinçiliklarni körsatadi. Mintaqada işsizlik yoki iş haqi kamligidan yoşlar va ayollar eng köp aziyat çekadi.

Jahon banki ma'lumotlariga köra, 2018 yilda Özbekistonda 15-24 yoşdagi ayollar örtasidagi işsizlik 25 foizdan köproqni, şu yoşdagi erkaklar orasida esa 13 foizni taşkil etgan. Qirğizistonda 15-28 yoşdagi ayollarning 15 foizi işsiz bölgan va şu yoşdagi erkaklar orasida bu körsatkiç 9 foizni taşkil etgan.

Yaqinda e'lon qilingan Markaziy Osiyo mamlakatlarining qaşşoqlik xaritalari şuni körsatadiki, qaşşoqlik asosan urbanizatsiya markazlari (yirik şaharlar) bilan yaqin aloqada bölmagan qişloq joylarida uçraydi. Bu, ayniqsa, Tojikiston va Qirğizistonning qaşşoqlik darajasi 40 foizdan yuqori bölgan eng çekka hududlarida dolzarb.

Vaziyat tahlili şuni körsatadiki, Markaziy Osiyoda örta qatlam deyarli tölaligiça bir qança yirik şaharlar va ularning atrofida, jumladan Nur-Sulton, Olmaota, Toşkent, şuningdek, bir oz kamroq miqyosda Duşanbe va Bişkekda joylaşgan. Mintaqaning barça davlatlari duç kelayotgan asosiy muammolardan biri - bu barça fuqarolarning rivojlangan va ösuvçi mehnat bozoriga ega bölgan uşbu şahar markazlariga kira olişini ta'minlaş zaruriyatidir.

Jahon banki odamlarga işga joylaşiş imkoniyatini beruvçi, rivojlanayotgan va iqtisodiy jihatdan gullab-yaşnayotgan şaharlarda uy-joy sotib olişni ta'minlaş , iş haqlari ösişini rağbatlantiruvçi bir qator siyosiy çoralarni amalga oşirişni va aholining zaif qatlamlari mehnat bozorida yanada raqobatbardoş bölişi uçun ularni qöllab-quvvatlaşni tavsiya qiladi.