«Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi ekspert maslahatlaşuvlari yakunlariga köra, Markaziy Osiyo davlatlari bilan energetika böyiça işçi guruh tuziş töğrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda Rossiya energetika vazirligi xabar berdi.
«Energetika vazirligi Markaziy Osiyo davlatlari bilan energetika böyiça işçi guruh tuzadi. Roman Marşavin RF TIVda bölib ötgan «Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi ekspert maslahatlaşuvlarida iştirok etdi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilişiça, tadbirda 9 oktyabr kuni Duşanbe şahrida bölib ötgan «Markaziy Osiyo – Rossiya» ikkinçi sammiti yakunlari böyiça qabul qilingan 2025-2027 yillarga möljallangan qöşma harakatlar rejasini amalga oşiriş böyiça hamkorlik masalalari, şuningdek, tadbir davomida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar körib çiqilgan.
Bundan taşqari, muhokama yakunlari böyiça vazir örinbosarlari darajasida energetika böyiça işçi guruh tuziş töğrisida qaror qabul qilingani ma’lum qilingan. U Yonilği-energetika kompleksi yönalişi böyiça özaro hamkorlik masalalarini olti tomonlama formatda körib çiqiş imkonini beradi.
Işçi guruh tarkibiga Rossiya, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston energetika idoralari vakillari kiradi.
«Işçi guruh iştirokçilari davlat rahbarlari tomonidan ma’qullangan harakatlar rejasini amalga oşiriş böyiça tizimli işlar bilan şuğullanadi», – deya RF energetika vaziri örinbosari Roman Marşavinning sözlaridan iqtibos keltirilgan xabarda.











