Jahon | 23:21 / 20.10.2019
12237
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladesh rohinja musulmonlarini toshqinlar yuz beradigan orolga ko‘chirmoqda

Bangladesh hukumati rohinja musulmonlarini muntazam toshqinlarga uchrovchi Bxasan Char oroliga ko‘chirib o‘tkazmoqda.

Orol Bengal ko‘rfazida joylashgan bo‘lib, hukumatda ta'kidlanishicha, bir necha ming rohinja u yerga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan. Hammasi bo‘lib orolga 100 ming musulmon ko‘chiriladi. Hozir ular Koks-Bazar shahrida joylashtirilgan.

“Biz ko‘chirishni keyingi oydan boshlamoqchimiz. Qochqinlar bosqichma-bosqich ko‘chiriladi. Mutasaddi idoralarimiz u yerga ko‘chishni istayotganlar ro‘yxatini tuzmoqda”, deb aytgan amaldorlardan biri.

Huquq himoyachilari Bangladeshning bu qaroridan tashvish bildirgan. Orol bir necha marotaba toshqinlar ostida qolgan. Bundan tashqari, u uzoqda joylashgan.

2017 yilda Myanmada rohinjalar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida ixtilof boshlangandan keyin 700 ming rohinja Bangladeshga qochgandi. Harbiylar bir yil ichida 20 ming musulmonni o‘ldirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid