Boş prokuratura akademiyasi binosida «Prokuratura organlarining OAV bilan aloqalarini yanada rivojlantiriş istiqbollari» mavzusida davra suhbati ötkazildi.

Boş prokuraturaning Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov tadbirni oçib berib, viloyat, tuman va şahar prokuraturalarining axborot xizmatlari faoliyati takomillaştirilişini aytdi.

«Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari kirib bormagan jabhaning özi yöq. OAVda çiqayotgan materiallar doimiy monitoring qilib boriladi. Joriy yilning 9 oyida bosma va elektron ommaviy axborot vositalari tomonidan 904ta prokuratura organlari aralaşuvi talab qilinadigan holatlar aniqlangan. Fuqarolar, tadbirkorlar buzilgan huquqlari tiklaniş böyiça işlar qilindi. OAV bizga bu borada kömakçi bölmoqda.

Prokuratura organlari tomonidan 9 oyda 90 240ta qonunçilik tarğiboti böyiça tarğibot tadbirlari ötkazilgan. 76 673tasi ma'ruza, suhbatlarni taşkil qilsa, 13 567tasini ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlar taşkil etgan.

Prokuratura organlari va OAV örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida hududlardagi, ya'ni Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va viloyatlardagi prokuraturalar axborot xizmatlari faoliyatini takomillaştirmoqçimiz. Takliflar işlab çiqyapmiz. Ularning alohida veb-saytlari va telegram messenjeridagi kanallarini taşkil qiliş böyiça rejalarimiz mavjud.

Şuningdek, OAVdagi xabarlar böyiça tanqidiy çiqişlar, muhokamalarga tezkorlik bilan munosabat bildirib boriladi», – deya Hayot Şamsutdinovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Davlat boşqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş bölimi boşliği Javohir Qudratov OAVda fikrlari notöğri talqin qilinayotgan mansabdorlar fikrini aholiga töliq va sodda tilda yetkaziş rejalaştirilayotganini ma'lum qildi.

«Biz Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan hamkorlikni davom ettirmoqdamiz. Maqsadimiz – davlat taşkilotlarida faoliyat yuritadigan axborot oliş xizmatini keng va samarali yölga qöyiş.

Birinçidan, davlat taşkilotlarining veb-saytlari faoliyatini töliq yölga qöyiş rejalaştirilgan. Ikkinçidan, jurnalist va blogerlarga tezkor axborot yetkaziş tizimini yölga qöyiş közda tutilgan.

Uçinçidan, ekspertlar va professional jurnalistlar guruhini taşkil qiliş. Bundan asosiy maqsad – OAVda fikrlari notöğri talqin qilinayotgan mansabdorlar fikrini aholiga töliq va sodda tilda yetkaziş. Bu bilan ularning jamoatçilik örtasida kulgiga qolişining oldini oliş reja qilingan. Bu sohada ayniqsa ekspertlar örni muhim hisoblanadi va bu guruh taşkilotlarning axborot xizmatlari qoşida tuzilişi rejalaştirilgan», deydi AOKA bölim boşliği.

«Qovunlar mavsumi» qaçon tugaydi? Mansabdor va OAV munosabatidagi yangi bosqiç haqida

Tadbirda Davlat bojxona qömitasi Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bölimi katta inspektori Husan Tengriyev ham öz fikr va takliflarini bildirdi.

«Bir operativ tadbirda qatnaşgan ikki organ vakillari turliça ma'lumot bergan hollar ham kuzatilgan. Bu – örtada hamkorlik yöqligi sababli bölmoqda. Davlat taşkilotlari ham özaro hamkorlikni kuçaytirişi lozim.

Şuningdek, viloyatlardagi matbuot xizmatlari markaziy apparatdagi iş jarayoni bilan bir xil sur'atda işlay olmayotgan hollar ham uçrab turibdi. Şu sababli, har bir davlat taşkiloti özining viloyatlardagi matbuot xodimlari bilan yilda bir marta konferensiya ötkazib turişi yölga qöyilsa, maqsadga muvofiq bölardi», – deydi u.

Yiğilişda Jurnalist va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti öqituvçisi, dotsent Olimjon Ösarov ham sözga çiqdi va sohadagi qator muammolarni tilga oldi.

«OAV bugun jamiyatda yaxşi tendensiyani boşladi. Ular muammolarni kötarib, oçiqdan-oçiq tanqid qilmoqda. Lekin tanqidlar hamma vaqt ham natija berayotgani yöq. Göyoki, bu bir çiqiş kabi material sifatida qaralmoqda.

Şörolar davrida paydo bölgan prokuratura organlari nisbatan odamlardagi qörquv, işonçsizlik saqlanib qolmoqda. Xalq bilan prokuratura organlarining özaro uzviy muloqoti qoniqarli darajada deyişga hali vaqtli. Fuqarolarning onggidagi bu stereotiplarni bartaraf qilişda OAV yaqindan yordam berişi mumkin.

Jurnalistlar tomonidan «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonunning 6-moddasi 3-bandida keltirilgan norma ham qayta körib çiqilişi kerak. Bunda aybsizlik prezumpsiyasi va tergov siri kabi tuşunçalar hisobga olinişi lozim», – deydi Olimjon Ösarov.

Ma'lumot uçun, «OAV töğrisida»gi qonunning 6-modda 3-bandiga asosan, prokuror, tergovçi yoki suriştiruvçining yozma ruxsatisiz suriştiruv yoki dastlabki tergov materiallarini e'lon qiliş, muayyan iş böyiça sud qarori çiqmasdan turib yoki sudning qarori qonuniy kuçga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qiliş yoxud sudga boşqaça yöl bilan ta'sir körsatiş taqiqlanadi.