Jahon | 14:58 / 21.10.2019
3646
2 daqiqa o‘qiladi

Parijda ekstremizmga aloqadorlikda gumonlanayotgan 30ga yaqin politsiyachi tekshirilmoqda

Foto: AFP

Ekstremizmga aloqadorlikda gumonlanayotgan 27 politsiyachidan uch nafari ishdan vaqtincha chetlashtirilgan, ikkitasi esa surishtiruv yakuniga qadar tabel qurollarini topshirishga majbur bo‘lgan.

Parij politsiya prefekturasi rahbariyati ekstremistik qarashlarga egalikda gumon qilinayotgan 30ga yaqin politsiyachini tekshirmoqda. 

BFMTV telekanalining xabar berishicha, oktabr boshidan buyon huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari orasida radikallashuv belgilarini aniqlash bo‘yicha ma'lumotlar to‘planmoqda.

Ekstremizmga aloqadorlikda gumonlanayotgan 27 politsiyachidan uch nafari ishdan vaqtincha chetlashtirilgan, ikkitasi esa surishtiruv yakuniga qadar tabel qurollarini topshirishga majbur bo‘lgan.

3 oktabr kuni Parijda 45 yoshli politsiyachi 4 nafar hamkasbini pichoqlab tashlagandi. Oqibatda ularning barchasi halok bo‘lgan.

Prokuror Jan-Fransua Rikarning aytishicha, qotil politsiyachi radikal salafiylar bilan aloqada bo‘lib turgan. 

Parij politsiyasining razvedka bo‘limida elektronika bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan bu xodim juda ko‘p razvedka ma'lumotlarini bilgani va katta ehtimol bilan ularni radikal guruhlardagi sheriklariga yetkazib turgani ham istisno qilinmayapti. Qotillikni amalga oshirgan kuni u ko‘plab radikal kayfiyatdagi xabarlar qoldirgani aniqlandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid