Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda namoyishlar boshlanishiga sababchi bo‘lgan talaba ozodlikka chiqdi
U Tayvan hukumatiga o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lmoqchi
Foto: Reuters
Tayvan hukumati tomonidan o‘zining homilador sevgilisini o‘ldirishda ayblanayotgan va Hongkong hukumati tomonidan Xitoyga jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritilishiga sababchi bo‘lgan 20 yoshli talaba Chen Tunszya qamoqxonada 18 oy yotganidan so‘ng ozodlikka chiqdi. U pul yuvishda ayblanib hibsga olingandi, deb yozadi South China Morning Post.
Nashrning eslatishicha, ushbu talaba ishidan so‘ng qonunga kiritilgan o‘zgarish Hongkongda iyundan beri to‘xtamayotgan namoyishlar boshlanishiga sabab bo‘lgan.
Ozodlikka chiqqan Chen Tunszya o‘ldirilgan qizning oilasi va Hongkong aholisidan uzr so‘radi. U sodir etgan jinoyatiga jazo olish uchun Tayvan hukumatiga taslim bo‘lishini bildirdi.
U endi to‘g‘rilab bo‘lmaydigan “dahshatli xato”ga yo‘l qo‘yganini aytdi.
Ushbu talaba ishi Hongkong va Tayvan o‘rtasidagi huquqiy munosabatlardagi bo‘shliqni ko‘rsatib berdi – ular o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risida kelishuv yo‘qligi Chenning Hongkongda erkin yurishiga sabab bo‘ldi. Hongkong hukumati “Ta'qibdan qochib yurgan gumondagi jinoyatchilar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi va bu orol aholisining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.
Mahalliy aholi ushbu norozilik ortidan namoyishlar uyushtirib, tartibsizliklar keltirib chiqardi va namoyishlar hali-hamon to‘xamadi.
Mavzuga oid
12:53 / 01.12.2025
Hongkongdagi yong‘in qurbonlari 140 nafardan oshdi. Xitoy namoyishlar boshlanishidan xavotirda
17:47 / 28.11.2025
«Hongkongdagi yong‘in qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmadi» - TIV
08:40 / 28.11.2025
Hongkongdagi turar joy majmuasida yong‘in: kamida 94 kishi halok bo‘ldi
17:28 / 27.11.2025