«Valutani tartibga soliş töğrisida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilinganligi munosabati bilan Markaziy bankda matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda qatnaşgan Kun.uz muxbirining: «Banklarning valuta ayirboşlaş şoxobçalarida 100 dollargaça xorijiy valuta xarid qiliş uçun pasport talab qilinmaydi. Nima uçun aynan 100 dollar? Bu miqdor juda kam emasmi? 100 dollardan ortiq valuta sotib olinganida pasport talab etiladi. Umuman pasport ma'lumotlarining olinişi nima uçun kerak?» degan savoliga Markaziy bank raisi örinbosari Bobur Abubakirov javob berdi.

«Bu böyiça juda köp tortişuvlar bölgan. Xalqaro tajribadan kelib çiqdik.

Avvalambor, biz bir narsani esimizdan çiqarmasligimiz kerak. Özbekiston 2017 yildan boşlab oxirgi 2,5 yil davomida bozor şaroitlarida işlaşni boşladi. Bu degani – liberallaştiriş, islohotni endi boşlab, qadam-baqadam ketyapmiz.

100 dollar degani bu miqdor 50 yil davomida 100 dollar bölib qoladi degani emas. Tajribadan kelib çiqib, ötkazilayotgan amaliyotlarning hajmidan, unga bölgan talabdan kelib çiqib, summa kötarilişi ham mumkin.

Nima uçun yuz (dollar – tahr.) ekanini aytişim mumkin. Hozirda bankda valuta ayirboşlaş operatsiyalarining qariyb 30-40 foizgaça qismini 100 dollargaça bölgan mablağ oldi-sotdisi taşkil qiladi. Bu – juda katta uluş.

Ya'ni, agar biz jismoniy şaxslarga şu narsani bersak, qulaylik, şart-şaroit yaratgan bölar edik. Biz mavjud statistika, tahlillardan kelib çiqdik. Bu – bir. Ikkinçisi, boya aytib ötilganidek, xalqaro tajriba.

Endi identifikatsiyalaş, pasport nima uçun kerak, degan savolga kelsak. Özbekiston jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraş böyiça FATF taşkilotiga a'zo. A'zo bölinganidan keyin tijorat banklari hami ma'lum bir miqdordagi operatsiyalarni ötkazayotganda xohlasa-xohlamasa har bir mijozini identifikatsiya qilişi kerak. Identifikatsiya qilinişi talab etiladigan narsa. Bu – xalqaro tajriba. Faqat Özbekistondagina emas, butun dunyoda bor narsa», – deya izoh berdi Abubakirov.

Markaziy bank raisi örinbosari, şuningdek, «qora bozor»ga qanday barham beriş mumkinligi haqida gapirib, valutaga daxldor 70ga yaqin qonunosti hujjatlari qayta körib çiqilişini ma'lum qildi.