Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valutaga daxldor 70ga yaqin qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi
«Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan 70ga yaqin yoki undan ham ko‘proq qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi.
Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobur Abubakirov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Maqsad – bitta yagona hujjat qilish, ya'ni valuta amaliyotlarini amalga oshirish tartibi. U katta hujjat bo‘ladi. Hujjat chet el valutasini bankka topshirishdan, hisob raqamining yuritilishidan tortib xorijiy valutani sotib olish, sotish tartibigacha bo‘lgan oraliqdagi barcha me'yorlarni o‘z ichiga oladi», – dedi Abubakirov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Regulyator rasmiysiga ko‘ra, qator hukumat qarorlari ham o‘z kuchini yo‘qotadi. Jumladan, xorijiy valutani sotish va sotib olish tartibi bunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2001 yildagi 294-qarori bilan belgilangan bo‘lib, endilikda bu qaror bekor qilinadi va Markaziy bankning ichki me'yoriy hujjati qabul qilinadi.

«Vazirlar Mahkamasining yana boshqa qator qarorlari bor. Chet elda hisobvaraqasini ochish bilan bog‘liq masalalar bor, ruxsatnoma talab etilishi yoki xorijiy valutani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, olib chiqish bilan bog‘liq masalalar. Ularni aytib o‘tsam, juda ham ko‘p.
Qariyb 70ga yaqin hujjat qayta ko‘rib chiqilib, ularga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilish, ayrimlarini bekor qilish haqida takliflar tayyorlanib, belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi», – dedi Bobur Abubakirov.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Markaziy bank raisi o‘rinbosari «qora bozor»ga qanday barham berish mumkinligini aytgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026