Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya poygasi o‘tkaziladi
30 oktabr-3 noyabr kunlari Samarqandda Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya poygasi bo‘lib o‘tadi.
Yarim marafon doirasida inklyuzivlik mavzusiga bag‘ishlangan bir qator ta'lim tadbirlari o‘tkaziladi. Bolalar va kattalar uchun konferensiyalar, ma'ruzalar va mahorat darslari tashkil etiladi.
Yarim marafonga tayyorgarlik jarayonida madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi inklyuzivlik muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotni o‘tkazadi – O‘zbekiston teatrlari, muzeylari va kutubxonalarida treninglar va monitoring o‘tkaziladi.
Yarim marafon "Registon" ansambli yonidan boshlanadi. Har bir masofa uchun belgilangan vaqt ichida yetib kelgan barcha ishtirokchilar esdalik medallarini qo‘lga kiritadilar. Undan tashqari, har bir ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchi marafon futbolkasi va markali sumkani qo‘lga kiritadi.
G‘oliblar uchun sovrin jamg‘armasi ta'sis etildi, mutlaq hisobda 1-o‘rindan 3-o‘ringacha bo‘lgan erkaklar va ayollar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Tadbir doirasida "Taktil muhit" ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ko‘rgazmaga Savitskiy nomidagi Davlat tasviriy san'at muzeyi kolleksiyasidagi suratlarning qavariq ishlangan ko‘rinishlari qo‘yiladi. Ko‘zi ojiz yoki ko‘rish qobiliyati past insonlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan suratlarni ushlab his etishlari mumkin. Ko‘rgazmada ayniqsa "Registon" ansamblining taktil modeli alohida o‘rin egallaydi.
Shuningdek, madaniyat muassasalari va tadqiqot markazlarining ekspertlari ishtirokida "Madaniy obektlarda nogironlarni e'tiborga olish borasidagi xalqaro tajriba" mavzusidagi davra suhbati o‘tkaziladi.
Yarim marafondan tushgan mablag‘lar Toshkent teatrlaridan birida ko‘r va ko‘zi ojiz insonlar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha eksperimental loyihani amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Ushbu dastur tifloizohlash (audiodeskripsiya) yordamida teatr sahnasida pesa namoyish etilishini o‘z ichiga oladi.
Loyihaning asosiy maqsadi madaniyat va san'at obektlarida inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik e'tiborini qaratish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va O‘zbekistonda sport turizmini rivojlantirishdan iborat.
Mavzuga oid
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026