10:37 / 23.10.2019
0
6043

Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining asosiy vazifalari ma'lum

Vazirlar Mahkamasi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Tegishli loyiha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.

Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi to‘g‘risidagi nizom;

Agentlik tarkibiga kiruvchi suv xo‘jaligi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishda buyurtmachi vazifasini bajaruvchi “Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Agentlik qoshida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining suv xo‘jaligi bo‘yicha investitsiya loyihalari negizida:

Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi;

Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi;

Arab muvofiqlashtirish guruhi loyihalarini amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.

Belgilanishicha:

Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” va “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihalarining;

Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash” va “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini qayta tiklash” loyihalarining;

Arab muvofiqlashtirish guruhi loyihalarini amalga oshirish guruhi “Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini qayta tiklash”, “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbog‘-Oqqopchig‘ay kanallari tizimini qayta tiklash)” va “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini tubdan qayta tiklash-ta'mirlash (III-bosqich)” loyihalarining majburiyatlari va shartnomalar huquqlari bo‘yicha Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi;

Loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining soni loyihalar soni va ish hajmidan kelib chiqib, buyurtmachi vazifasini bajaruvchi “Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalarida boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining soni esa qurilish ishlarining murakkabligi va ish hajmlaridan kelib chiqib, belgilangan tartibda o‘zgaradi;

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Quyidagilar Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

loyihalarning amalga oshirilishi monitoringini yuritish;

qurilishi yakunlangan suv xo‘jaligi obektlarining belgilangan tartibda foydalanishga topshirilishini ta'minlash;

buyurtmachi va pudratchi tashkilotlarning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari (ShNK, KMK, idoraviy me'yorlar va boshqalar)ga amal qilish, loyiha yechimlarining samaradorligini oshirish, arxitektura va shaharsozlik darajasi talablariga rioya etishini ta'minlash;

suv xo‘jaligi sohasidagi qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining Vazirlikning Tarmoq ilmiy-texnik kengashida ko‘rib chiqilishini tashkil etish;

ilmiy va ilmiy texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida suv xo‘jaligi obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlari qiymatining hisob-kitobiga loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdorda majburiy tartibda qo‘shimcha mablag‘lar kiritilishini amaliyotga joriy etish;

Agentlikning loyihalarni amalga oshirish guruhlari hamda “Suvqurilishinvest” DUKlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, bunda:

a) suv xo‘jaligi sohasidagi xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishida:

suv xo‘jaligi sohasiga xalqaro investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari, grant va texnik ko‘mak yuzasidan mablag‘larni jalb qilishda ishtirok etish;

amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxatlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlikka taqdim qilish;

Hukumat kafolati ostidagi investitsiya loyihalarini, shuningdek grant loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish yuzasidan barcha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishini (texnik-iqtisodiy asoslar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, tender savdolarini sifatli o‘tkazish, kontraktlarni rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, loyihalar bo‘yicha tarmoq jadvallari va investitsiya majburiyatlar bajarilishi va boshqalar) ta'minlash;

loyihalarni amalga oshirish guruhlarini malakali kadrlar bilan butlash va ularning malakasini oshirib borishni tashkil qilish;

loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyatini samarali tashkil qilish va tizimli nazorat olib borish, ularning hamda pudrat tashkilotlari hisobotlarini eshitib borish;

har bir investitsiya loyihasini tarmoq jadvallari bo‘yicha ijrosini, ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida maqsadli o‘zlashtirilishini nazorat qilish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish” amaldagi qonunchilik, xalqaro qoidalar hamda tegishli xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining tartib qoidalariga muvofiq tuzilgan kontraktlar doirasida asbob-uskunalar va qurilish materiallarini xarid hamda qurilish-montaj ishlari va xizmatlarning bajarilishini nazorat qilish;

qurilish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yakunlangan ishlarini o‘z vaqtida qabul qilishni tashkil qilish;

xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa vazifalar;

b) budjet mablag‘lari hisobidan irrigatsiya-melioratsiya obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda meliorativ obektlarini tizimli ta'mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish yo‘nalishida:

Vazirlik va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

“Suvqurilishinvest” DUKlar tomonidan shakllantirilgan irrigatsiya-melioratsiya obektlarining manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlikka kiritish;

loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishini (loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida sifatli ishlab chiqish, tender savdolarini sifatli o‘tkazish, kontraktlarni rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, loyihalarni tarmoq jadvallari bo‘yicha amalga oshirish va boshqalar) yuzasidan tizimli monitoring yuritish va Vazirlikka ma'lumotlarni taqdim qilib borish;

“Suvqurilishinvest” DUKlarni malakali rahbarlar bilan butlash va ularning malakasini oshirib borish hamda ularning va pudrat tashkilotlari hisobotlarini eshitib borish;

“Suvqurilishinvest” DUKlar tomonidan Davlat dasturlari doirasidagi irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda natijalarini tahlil qilib borish hamda Vazirlikka ma'lumotlar taqdim qilib borish;

 “Suvqurilishinvest» DUKlarni saqlash xarajatlari bo‘yicha shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda jamlanma shtatlar jadvali va jamlanma xarajatlar smetasini ishlab chiqib tasdiqlash va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Vazirlikka taqdim qilish;

Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) suv xo‘jaligi sohasidagi xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishida:

tender komissiyalari, vazirliklar va idoralar, loyihalar amalga oshirilayotgan viloyat, tuman (shahar) hokimliklari, loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi konsultantlar bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan masalalarni hal etish;

loyihalarni amalga oshirish guruhlari va loyihalar doirasida jalb qilinadigan konsultantlar faoliyati monitoringini olib borish;

ishlarning samaradorligini aniqlash va zarur hollarda vazirlik va investorlarga muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;

vazirlik bilan kelishgan holda loyihalarni amalga oshirish va xaridlarning yillik rejalarini tasdiqlash hamda ularga o‘zgartirishlar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, Investorlar va shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga loyihalar doirasida, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha muntazam hisobotlar o‘rnatilgan tartibda berib borilishini ta'minlash;

qurilishi tugallangan obektlarning foydalanishga topshirilishini va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar hisobiga o‘tkazib berilishini tashkil etish;

buyurtmachi va pudratchi tashkilotlarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilishi bo‘yicha o‘quv kurslari va seminarlar o‘tkazish;

xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tanlov savdolari (tender)ni tashkil etish;

loyihada ishtirok etayotgan chet ellik mutaxassislarning kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va ularni ro‘yxatga qo‘yishni tashkil etish;

b) budjet mablag‘lari hisobidan irrigatsiya-melioratsiya obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda meliorativ obektlarni tizimli ta'mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish yo‘nalishida:

markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan irrigatsiya va melioratsiya loyihalari doirasida amalga oshiriladigan tanlov savdolari (tender) “Suvqurilishinvest” DUKlar tomonidan o‘tkazilishini tashkil etish;

qurilish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini, shuningdek kapital qo‘yilmalar hisobidan moliyalashtiriladigan irrigatsiya va melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda meliorativ obektlarni tizimli ta'mirlash-tiklash loyihalari amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish, Vazirlikka ma'lumotlar kiritib borish;

Vazirlik bilan kelishilgan holda tegishli vazirlik va idoralarga qurilish ishlari kapital qo‘yilmalar hisobidan moliyalashtiriladigan irrigatsiya va melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda meliorativ obektlarni tizimli ta'mirlash-tiklash loyihalari amalga oshirilishi bo‘yicha ma'lumotlar kiritib borish;

qurilishi tugallangan obektlarni foydalanishga topshirish bo‘yicha davlat qabul qilish komissiyalarining tuzish va ularning dalolatnomalarini tasdiqlash bo‘yicha Vazirlikka takliflarni kiritish;

rekonstruksiya va ta'mirlash-tiklash ishlari yakunlangan obektlarni “Suvqurilishinvest” DUKlar tomonidan foydalanishga topshirish jarayonlarini muvofiqlashtirib borish;

buyurtmachi va pudratchi tashkilotlarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilishi bo‘yicha o‘quv kurslari va seminarlar o‘tkazish;

qurilish obektlarida qurilish va mualliflik nazorati olib borilishini tashkil etish hamda ular tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha monitoring olib borish;

qurilish obektlarida ishlatiladigan asosiy qurilish materiallari va uskunalar bilan ta'minlashda amaliy yordam ko‘rsatish;

irrigatsiya va melioratsiya obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta'minlash sifatini va meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kapital qurilishda ilg‘or qurilish texnologiyalarini, yangi qurilish materiallarini, asbob-anjomlarni joriy etish ishlarini tashkil etish;

ajratilgan limitlar asosida buyurtmachilar taqdim qilgan qurilish va loyiha-qidiruv ishlari bo‘yicha manzilli hamda qurilish titul ro‘yxatlarini ko‘rib chiqish, tegishli vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishish va Vazirlikka tasdiqlash uchun kiritish;

“Suvqurilishinvest” DUKlar tomonidan taqdim etilgan qurilish obektlarining xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

Loyihalarni amalga oshirish guruhlari va “Suvqurilishinvest” DUKlar tomonidan tuzilgan choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini qabul qilish hamda umumlashtirilgan holda Vazirlikda taqdim qilish.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top