Jamiyat | 15:49 / 24.10.2019
2583
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiotadagi 1080ta xonadonda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi

Foto: TASS

Toshkent viloyati Zangiota tumanining bir necha hududlari kesishmasidagi gaz quvurlarida avariya holati yuz berdi. 

«Hududgazta'minot» AJ xabariga ko‘ra, ayni damda gaz ta'minoti korxonasi ishchi guruhi tomonidan mazkur avariya holatini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. 

Ta'mirlash ishlarining texnika xavfsizligi qoidalariga ko‘ra, 2019 yil 24 oktabr kuni, Zangiota tumanining «Tariqteshar», «Quyoshli», «Tuyabo‘g‘iz» va «Turkiston» MFYlari hududidagi jami 1080 ta aholi xonadonlarida soat 14:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma'lum qilindi.

«Hududgazta'minot» AJ ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid