Odnoklassniki dunyo muzeylari bo‘yicha virtual ko‘rgazmalar va audio yo‘lnomalarga ega portalni ishga tushirdi.
"Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘i Rossiya va dunyodagi eng yirik muzeylar tomonidan yaratilgan interaktiv art-loyihalar, virtual ko‘rgazmalar va viktorinalar jamlangan "Muzeyga boramiz" san'at to‘g‘risidagi portalni ishga tushirdi.
Ijtimoiy tarmoqning har bir foydalanuvchisi uydan chiqmasdan rus va jahon rassomlik san'atining shoh asarlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Virtual ko‘rgazmalari bilan muzeylar Rossiya va dunyoning turli mintaqalaridagi millionlab OK foydalanuvchilari uchun yanada ochiq bo‘ladi.
"Muzeyga boramiz" portalida paydo bo‘lgan birinchi xorijiy loyiha "Flamand ustalari" bo‘ldi. OK Flandriya va uning poytaxti Bryusselning VISITFLANDERS Hukumat turizm agentligi bilan hamkorlikda Belgiyadagi muzeylarning eng taniqli shoh asarlariga mashhur san'atkorlar tomonidan ovoz berilgan audio yo‘lnomalarni ishga tushirdi. Ishtirokchilar orasidan saksofonchi va jazmen Aleksey Kozlov, boshlovchi aka-uka Verniklar, aktyor Nikita Yefremov, Multimedia san'at muzeyi direktori Olga Sviblova va boshqalar o‘rin olgan.
Loyiha beshta muzey ishtirokida yaratilgan bo‘lib, ularning kuratorlari o‘z to‘plamlaridan flamand rassomlarining o‘nta asarlarini tanlab olishdi. Bryusseldagi nafis san'at Qirollik muzeylari, Rubens uy-muzeyi va Antverpendagi Mayer van den Berg muzeyi, Bryuggedagi Gruninge muzeyi va Gentdagi Avliyo Bavon bosh cherkovi shular jumlasidandir.
Foydalanuvchilar taniqli artistlar, boshlovchilar va san'atshunoslarning ovozi yozilgan audio yo‘lnomani o‘qish yoki tinglash orqali har bir asar haqida batafsil ma'lumot olishlari mumkin. Shunga ko‘ra, Aleksey Kortnev, Garik Sukachyov va aktrisa Aleksandra Revenko Jan Van eykning "Gent mehrobi", "Margaret Van eyk portreti" va "Madonna Kanonika Van der Pale" suratlari uchun yo‘lnomaga ovoz berishgan. Nikita Yefremov, Marina Kravets, Aleksey Kozlov va teleboshlovchi Vladimir Rayevskiy Breygelning suratlari haqida so‘zlab berishgan. Vadim va Igor Verniklar Rubensning avtoportreti va Yordansning “Ichayotgan qirol” suratiga qo‘llanmani ovozlashtirishgan. XVII asrda yaratilgan Frans Sneyderning "Omborxona" asari esa Olga Sviblovaning ovoziga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar flamandchilar rasmlarida timsollar haqidagi test sinovidan o‘tishlari mumkin. Masalan, Breygelning suratlaridagi moviy plashli odam nimalarni anglatishini va Van eyk o‘zining rasmlariga qanday “maxsus” ibora bilan imzo qo‘yganini bilishlari mumkin.
Flamand rassomlik san'ati jahon tasviriy san'at tarixidagi klassik maktablardan biridir. 250 yildan ortiq vaqt davomida, XV asrdan XVII asrning oxiriga qadar, zamonaviy Belgiyaning shimoliy mintaqasi – Flandriya G‘arbiy Yevropa san'atining rivojlanishida yetakchi rol o‘ynadi. Bu davrda o‘z davrining eng yirik harakatlari rivojlandi: flamand primitivizmi, Uyg‘onish davri va barokko rassomchilik san'ati.
OKda Rossiyaning eng mashhur muzeylariga virtual sayohatlar orqali tashrif buyurish, teatrlashtirilgan tomoshalarni, zamonaviy festivallar va ma'rifiy tadbirlarning translatsiyalarini tomosha qilish mumkin. Shunday qilib, 2018 yil bahorida "Odnoklassniki" mamlakatdagi eng yirik muzeylar bilan birgalikda #Muzeyovozasi loyihasini - ijtimoiy tarmoqning eshitmaydigan foydalanuvchilari uchun onlayn ekskursiyalarni boshladi. O‘tgan bahorda, OK teatrlar va muzeylardagi barcha video kontentlarni #MadaniyBahor xeshtegi ostida birlashtirdi. Foydalanuvchilar VAC fondidan GES-2 operasini, "Muzeylar oqshomi" videotranslatsiyalarini, shuningdek MXYuK dan konsertlar translatsiyalarini tomosha qilishlari mumkin bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:20 / 27.12.2023
Qashqadaryoda “Odnoklassniki.ru” saytidagi postlarga layk bosgan yigitga chora ko‘rildi
14:44 / 10.06.2023
Navoiylik keksa ayol 5 yil oldin diniy ma’ruzaga “klass” bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan cheklandi
10:15 / 11.12.2020
«Odnoklassniki» guruhlar uchun donatlarni qabul qilish xizmatini ishga tushirdi
13:41 / 22.10.2020