Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadigan sportchilardan so‘raladigan hujjatlar ma'lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 4 sentyabrda o‘tkazilgan 36-sonli videoselektor majlisi bayoniga muvofiq, Olimpiya sport turlari bo‘yicha Respublika va xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor (1-2-3-o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar uchun oliy ta'lim muassasalariga (Sog‘liqni saqlash sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari bundan mustasno) qo‘shimcha davlat granti asosida imtiyozli ravishda imtihon sinovlarisiz qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Respublika oliy ta'lim muassasalariga imtiyoz asosida qabul qilinishiga talabgor sportchilar toifasiga o‘rta (11 sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini bitirganiga 3 yildan ortiq muddat bo‘lmagan hamda so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida o‘tkazilgan respublika va xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni (1, 2, 3-o‘rin) qo‘lga kiritgan fuqarolar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining joylardagi hududiy organlari imtiyozga ega sportchilar ro‘yxatini shakllantiradi va vazirlikka taqdim etadi. Imtiyozga ega sportchilar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining joylardagi hududiy organlariga ariza va hujjatlarini 2019 yilning 5 noyabriga qadar topshirishi mumkin.
Imtiyozga ega sportchilar vazirlikning joylardagi hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- Jismoniy tarbiya va sport vaziri nomiga ariza (zaxira sifatida 2ta oliy ta'lim muassasi hamda ta'lim yo‘nalishi va tili ham aniq ko‘rsatilishi shart);
- fuqarolik pasporti nusxasi yoki ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan ma'lumotnoma;
- pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) nusxasi;
- respublika va xalqaro sport musobaqasi sovrindori (1, 2, 3-o‘rin) diplomi;
- respublika va xalqaro sport musobaqasi buyrug‘idan ko‘chirma;
- respublika va xalqaro sport musobaqasi nizomi;
- respublika va xalqaro sport musobaqasi bayonnomasidan ko‘chirma.
Imtiyozga ega sportchilar tomonidan topshirilgan ariza va hujjatlar vazirlik tomonidan umumlashtirilib, ro‘yxati shakllantiriladi va 15 noyabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan tashkil etiladigan Imtiyozga ega sportchilar hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki mazkur tartibda belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozga ega sportchilar talabalikka tavsiya etilmaydi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni 71 kodi bilan 239-24-29 telefon raqami yoki www.minsport.uz sayti orqali olish mumkin.
Mavzuga oid
20:18 / 14.01.2023
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
02:32 / 12.02.2021
O‘zbekistondagi sport inshootlarining bir kunlik quvvati qariyb 1,5 mln kishini tashkil etadi - Adliya vazirligi
00:18 / 12.02.2021
O‘zbekistondagi maktablarning 22,5 foizida sport zallari yo‘qligi ma'lum qilindi
19:17 / 22.12.2020