Örganiş davomida umumiy örta ta'lim maktablarini va maktabgaça ta'lim muassasalarini sport zallari bilan ta'minlaş hamda ulardagi mavjud imkoniyatlardan foydalaniş darajasi ham pastligiça qolayotgani ma'lum bölgan.
Adliya vazirligi axborot xizmatining bildirişiça, Farğona viloyat XTB tasarrufidagi 785 ta maktab sport zallarining 114 tasi, ya'ni 14,5 foizi ta'mirtalab holatda.
Jumladan, Boğdod tumanidagi 40 ta maktab sport zallarining 21 tasi, 52,5 foizi ta'mirtalab ahvolda. Qöştepa tumanidagi 34-maktabdagi ta'mir holati esa sobiq ittifoq davridan saqlanib qolgan va zarur inventarlar mavjud emas.
Örganiş davomida hududlar böyiça davlat tasarrufidagi 6126 ta boğçaning 4 986 tasida, ya'ni 81,4 foizi xavfsiz sport maydonçalari va bino-inşootlari bilan ta'minlanmagani aniqlangan.
Misol uçun, Namangan viloyati maktabgaça ta'lim bölimlari tasarrufidagi 576 ta boğçaning 574 tasi (99,6 foizi), Surxondaryo viloyatidagi 376 ta boğçaning birortasida sport zallari mavjud emas.
Ravşan Ermatov: «Hududlardagi 30 foizdan ortiq maktablarda sportzal yöq»

















