Ma'lum qilinişiça, Özbekistonda foydalanişga topşirilgan sport inşootlari soni 12 mingdan oşgan. Şunga qaramay, mavjud sport inşootlaridan foydalaniş ahvoli qoniqarsizligiça qolmoqda.

«Davlat rahbari tomonidan bugungi kunda sport inşootlaridan foydalaniş ahvoli qoniqarsiz deb topilib, köplab sport obektlaridan foydalanilmay kelinayotgani, ularning foydali iş koeffitsiyenti 50 foizdan pastligi ta'kidlab ötildi.

Şu bilan bir qatorda, Adliya vazirligi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda ötkazilgan örganişlar natijasiga köra, mavjud sport inşootlarining (stadion, sport zali, basseyn, manej va boşqalar) bir kunlik sport maşğulotlarini ötkaziş quvvati qariyb 1,5 mln kişini taşkil etib, umumiy aholining soniga nisbatan sport inşootlari bilan ta'minlaniş darajasi 4,5 foizdan oşmaydi», – deyiladi Adliya vazirligi Kun.uz'ga taqdim etgan ma'lumotda.

Ta'kidlanişiça, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida jami 1 434 ta sport inşooti mavjud bölib, bugungi kunda ulardagi mavjud böş yer maydonlari va binolarning mavjud imkoniyatlaridan töliq foydalanilmasdan kelinmoqda.

Qayd etilgan sport inşootlarining böş turgan qismidan davlat-xususiy şeriklik asosida foydalaniş böyiça 120ga yaqin obektlarning röyxati işlab çiqilgan bölsa-da, bugungi kunga qadar birorta DXŞ bitimlari imzolanmagan.

Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasida 10 ta, Andijonda 4 ta, Buxoroda 4 ta, Jizzaxda 10 ta, Qaşqadaryoda 9 ta, Navoiyda 8 ta, Samarqandda 11 ta, Sirdaryoda 6 ta, Surxondaryoda 6 ta, Toşkent viloyatida 4 ta, Farğonada 12 ta, Xorazmda 14 ta, Toşkent şahrida 12 ta sport muassasalarining böş turgan bino va yer maydonlari mavjud.

Örganiş davomida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablarining reytingi natijalariga köra ulardan 285 tasining faoliyati samaradorligi qoniqarsizligiça qolayotgani, sport maktablarining faoliyati samaradorligiga balansida sport inşootlari mavjud emasligi, sport anjomlari ta'mirtalab va yaroqsiz holatga kelib qolgani, sport razryadlari bajarilmagani, sportçilarning musobaqalarda erişgan natijalari pastligi, metodik tavsiyalar va qöllanmalar işlab çiqilmagani, trenerlar, metodistlar va şifokorlarni qayta tayyorlaş va malaka oşirişi ta'minlanmagani kabi tizimli kamçiliklar aniqlangan.

Bundan taşqari, respublika böyiça mahallalar böylab ötkazilgan örganişlar natijasi 9168 ta mahalla fuqarolari yiğinlarining 3 210 tasida hudud aholisining jismoniy tarbiya va sport maşğulotlari bilan şuğullanişlari uçun sport inşootlari taşkil etilmaganini körsatmoqda.