Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi
Tadbir doirasida Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan fuqarolarimizning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi.
23 oktabr kuni mamlakatimizning Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni Podshohligi) Bosh konsulxonasi Madina islom universitetida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda bosh konsul Sirojiddin Shamsutdinov talabalarga xorijda yurgan mamlakatimiz fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq kompleks masalalarni hal qilish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.
Davlat yoshlar siyosatining samarali ro‘yobga chiqarilishini ta'minlash mamlakatimiz rahbariyati diqqat markazida turgan muhim masalalardan biri hisoblanishi ta'kidlandi.
Suhbat jarayonida 22 dekabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament sayloviga tayyorgarlik mavzusiga alohida e'tibor qaratildi. Talabalar Jidda shahridagi Bosh konsulxona huzurida saylov uchastkasi tuzilganidan xabardor qilindi.
Tadbir doirasida Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan fuqarolarimizning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi. Xususan, respublikamizning pasport tizimida joriy qilingan o‘zgarish va yangiliklar to‘g‘risida ma'lumot berildi, hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishga taalluqli savollarga javoblar qaytarildi hamda Saudiya Arabistoni qonunchiligi bo‘yicha yuridik maslahatlar berildi.
Mavzuga oid
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
18:10 / 28.02.2026
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi
07:26 / 28.02.2026
Ar-Riyodda 2 kmlik Rise Tower: sayyoradagi eng baland bino quriladi
14:16 / 25.02.2026