Farg‘ona viloyati hokimligi sobiq «Neftchi» sport majmuasining taqdiri to‘g‘risida ma'lumot berdi
Xorijiy OAVda aytilishicha, mazkur sport majmuasida ishlab kelayotgan 79 nafar murabbiy va texnik xodimlar, shuningdek, sport to‘garaklarida shug‘ullanayotgan 2000 nafar bola ko‘chada qolgan.
Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi tasarrufida bo‘lgan sobiq “Neftchi” sport majmuasining taqdiri haqida e'lon qilingan maqolalar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi. Ularda aytilishicha, mazkur sport majmuasida ishlab kelayotgan 79 nafar murabbiy va texnik xodimlar, shuningdek, sport to‘garaklarida shug‘ullanayotgan 2000 nafar bola ko‘chada qolgan.
Hokimlik axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish quvvatlariga tegishli ulushi indoneziyalik tadbirkorlar tomonidan sotib olindi. Kelgusida korxonani modernizatsiya qilish uchun investorlarning qariyb 1 mlrd dollar investitsiya kiritishi rejalashtirilgan.
“Ma'lumki, zavodning yordamchi xo‘jaliklari, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va ijtimoiy majmualari ham bor edi. Ularning bir qismi sotuvga qo‘yildi. “Neftchi” sport majmuasi esa hokimlik balansiga o‘tkazib berildi. Shu kunlarda mazkur majmuaning faoliyat yo‘nalishlari saqlangan holda bolalar va o‘smirlar sport maktabi, futbol akademiyasi tashkil etish ustida ish olib borilmoqda”, deyiladi Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtga qadar “Neftchi” sport majmuasida ishlagan barcha murabbiylar, o‘zlari istasalar, shu yerda faoliyatlarini davom ettirishadi.
Ma'lumot berilishicha, kelgusida sport maktabiga jalb etiladigan shug‘ullanuvchilar sonini 2500 nafarga yetkazish kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:39 / 12.11.2024
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorning o‘zi korrupsiya bilan qo‘lga tushdi
13:10 / 10.11.2024
“Bahordan boshlab qishga tayyorlanamiz” – qish qarshisidagi farg‘onaliklar
10:06 / 10.10.2024
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
12:23 / 07.10.2024