Jahon | 23:06 / 28.10.2019
4104
1 daqiqa o‘qiladi

Vashingtonda IShIDga qarshi koalitsiya mamlakatlari yig‘ilishi o‘tkaziladi

Avvalroq Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli yaqin vaqt ichida ana shu uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilgandi.

IShID guruhiga qarshi kurash olib borayotgan xalqaro koalitsiya mamlakatlari vakillari 14 noyabr kuni Vashingtonda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Agence France-Presse xabar berdi.

Avvalroq Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli yaqin vaqt ichida ana shu uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilgani haqida shaxsan tantanali ravishda e'lon qildi.

Xalqaro koalitsiya al-Bag‘dodiyning o‘limini ulkan g‘alaba sifatida ko‘rayotgan bo‘lsa-da, mahalliy nizolar IShID jangarilarining faollashuviga va harakat yana uyg‘onishiga olib kelishi mumkin, faqat xalqaro koalitsiya kuchlari shu yerda bo‘lib turishigina buni to‘xtatib turibdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid