O‘zbekiston | 10:52 / 28.10.2019
1371
3 daqiqa o‘qiladi

YuNeSKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya kotibiyati faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi 

Foto: REUTERS/Philippe Wojazer

YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyati faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan Komissiyaning:

komissiya ishchi organi ‒ kotibiyat boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 9 nafar etib belgilash;

kotibiyat boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida Komissiya bosh kotibi o‘rinbosari lavozimini joriy etish;

komissiya bosh kotibi o‘rinbosarini maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtirish;

kotibiyat xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari (xodimlarni qisqartirish hisobidan qo‘llaniladigan ustamalardan tashqari), maqomi va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini tatbiq etish;

kotibiyat xodimlarining erishgan natijalaridan kelib chiqqan holda har oy lavozim maoshlariga (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) nisbatan 100 foizgacha ustamalar o‘rnatish, bunda, 50 foizni budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ustama o‘rnatish, 50 foizgacha xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi hisobidan ustama o‘rnatishni nazarda tutish;

kotibiyat xodimlari har oylik lavozim maoshiga kotibiyatda xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha – 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha – 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha – 30 foiz, 20 yildan ortiq – 40 foiz oylik ustamalar to‘lash;

kotibiyatga qo‘shimcha 1 ta, jami 2 ta yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kotibiyat faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida nazarda tutilgan xarajatlarga zarur mablag‘larni 2019 yil uchun tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida, shuningdek, idoraviy jihozlar hamda zamonaviy moddiy-texnika vositalarini xarid qilish xarajatlari uchun 2020 yilda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga YuNeSKO va AYSeSKO mezonlariga asosan kotibiyatning valuta hisob raqamiga loyiha va tadbirlarni amalga oshirish uchun kelib tushgan mablag‘lar doirasida ko‘rsatilgan bank xizmatlari uchun tegishli haq va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda xizmat ko‘rsatish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi kotibiyat buyurtmanomasi bo‘yicha belgilangan tartibda kotibiyatni aloqaning zarur turlari, shu jumladan, Hukumat aloqasi bilan jihozlanishini, shuningdek, keng polosali Internet axborot tarmog‘idan foydalanishini ta'minlaydi.

Kotibiyat Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 171-uy manzilidagi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid