O‘zbekiston | 11:29 / 29.10.2019
8697
8 daqiqa o‘qiladi

Aholi tomorqalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari qabul qilinadi

Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari qabul qilinadi. Hukumatning bu haqdagi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining takliflarini inobatga olib, quyidagilar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga 2020 yil hosili uchun to‘qsonbosti usulida, bahorgi (ertaki) va takroriy (o‘rtaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, mahsulot yetishtirish va realizatsiya qilishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2019 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlari va mablag‘lari hisob-kitobi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklarining ekin maydonlariga 2020 yil hosili uchun ekinlarni ekish, talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, mahsulot yetishtirish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;

“Tomorqa xizmati” mas'uliyati cheklangan jamiyati reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MChJlarga qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologiyalari va asbob-uskunalarni, tayyor issiqxona va intensiv bog‘lar barpo etish uchun lizing faoliyatini olib borish bo‘yicha Nizom;

2023 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan olib kiriladigan yuqori hosildor va erta pishadigan sabzavot, poliz va dukkakli ekinlarining urug‘lari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari - tuman sektorlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida, tuman hokimlari - dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kesimida har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta'minotini inobatga olgan holda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida ushbu qaror talablaridan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirishning manzilli ro‘yxatlari prognoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi.

Belgilanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari “Tomorqa xizmati” MChJlari tomonidan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida urug‘lar, ko‘chatlar va boshqa zarur moddiy resurslarni belgilangan tartibda yetkazib berish orqali dehqon xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining to‘liq ekilishi va mahsulot yetishtirilishini ta'minlash uchun mas'ul hisoblanadi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Jamg‘armadan 2020 yilda aholi xonadonlari va dehqon xo‘jaliklarida “bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida ekin ekish, yengil konstruksiyali ixcham issiqxonalar qurish, “Tomorqa xizmati” MChJlar va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, suv ta'minoti og‘ir hududlarda sug‘orish quduqlarini qazish maqsadida 72 mlrd so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.

Quyidagilar:

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.Xaitov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh.Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining to‘liq ekilishiga;

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati (B. Sidiqov), “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati (O. Temirov), “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati (O. Isayev) dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan kafolatlangan hosil yetishtirish uchun zarur bo‘lgan yonilg‘i-moylash mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar zaxirasi yaratilishiga hamda o‘z vaqtida dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yetkazib berilishiga;

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.Umurzoqov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xo‘jayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlariga – 2020 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining realizatsiya qilinishiga, xususan eksport qilinishiga shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (A.Abdullayev), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (M.Esonov), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.Xaitov) bilan birgalikda 2020 yil hosili uchun bahorgi (ertaki) va takroriy (o‘rtaki) ekinlar ekilishi davrida dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yerlaridan foydalanish holatini uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) orqali tanlanma monitoringini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (A.Abdullayev), Davlat soliq qo‘mitasi (B.Musayev), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (M.Esonov), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengash (A.Xaitov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi (Sh.Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda dehqon xo‘jaliklari (dala tomorqalari) soni va ularga biriktirilgan yer maydonlarini yalpi xatlovdan o‘tkazilishini va ularga kadastr raqamlari berilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid