Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada oyiga 2 ming funt sterling maosh beriluvchi sayohatchi vakansiyasi ochildi
U yil davomida turli davlatlardagi 40ta shaharga borishi kerak bo‘ladi. Sayohatga o‘zi bilan bir kishini olishi, shu bilan birga har bir sayohatga turli hamroh bilan borishi mumkin.
Britaniyaning Wowcher chegirmalar agregatori saytida ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sayohati haqida hikoya qilib beradigan sayohatchi vakansiyasi joylashtirildi.
U yil davomida turli davlatlardagi 40ta shaharga borishi kerak bo‘ladi. Sayohatga o‘zi bilan bir kishini olishi, shu bilan birga har bir sayohatga turli hamroh bilan borishi mumkin.
Ushbu ish o‘rniga da'vogardan taassurotlari to‘g‘risida YouTube va ijtimoiy tarmoqlarda hikoya qilib berish talab qilinadi.
Sayohatchining yillik maoshi 25 ming funt sterlingni tashkil etadi.
Xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lgan yoshi 18dan oshgan nomzodlar bu ishga joylashish uchun ariza berishi mumkin.
Da'vogarlar 30 dekabrga qadar o‘z internet-akkauntida 30 soniyalik video joylashtirishi va nima uchun bu ish o‘rniga aynan u munosib ekanligini izohlashi lozim.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
13:13 / 10.01.2026