Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Janubiy Farg‘ona» kanali 1-sonli GES to‘g‘onidan Qirg‘iziston fuqarosining murdasi topildi
Illyustrativ foto /Igor Ageyenko
Joriy yilning 28 oktabr kuni soat 07:30larda Andijon viloyatining Buloqboshi tumani «Baynalminal» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi «Janubiy Farg‘ona» kanalining 1-sonli GES to‘g‘onidan erkak kishining murdasi topildi.
«Postda» nashrining yozishicha, tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz bo‘lgan murda Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi A.S.niki ekani ma'lum bo‘lgan.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro «yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik bilan berkilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya»dan hayotdan ko‘z yumgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
15:56 / 25.03.2026