Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida tajriba-ko‘rgazma maydoni tashkil etildi
Hududda innovatsion texnologiyalarni tijoratlashtirish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Norma'ning yozishicha, tajriba-ko‘rgazma maydoni Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi qoshida tashkil etildi. Uni joylashtirish uchun Andijon viloyati Marhamat tumanining Z.M. Bobur nomli massividan 9 gektar yer maydoni ajratildi.
Maydon davlat muassasasi shaklida faoliyat ko‘rsatadi va viloyatda innovatsion infratuzilmani yanada rivojlantirish, tadbirkorlikni faollashtirish, investitsion salohiyatni oshirish, innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy qilishga ko‘maklashadi.
Quyidagilar ko‘rgazma maydonining ustuvor vazifalari etib belgilandi:
• mahalliy va xorijiy ilmiy va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
• innovatsion texnologiyalarni yaratish, joriy etish va foydalanish;
• innovatsion faoliyatni boshqarish, texnologiyalarning transferi va intellektual mulk obektlarini tijoratlashtirish;
• ilmiy konferensiyalar, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini tashkillashtirish;
• oliy ta'lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub'yektlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta'minlash;
• yoshlar, olimlar va o‘qituvchilarni iqtisodiyot sohalarida ilmiy-texnik muammolarini hal etishga jalb qilish;
• ilmiy va laboratoriya tadqiqotlarini olib borish, tajriba namunalarini, sanoat mahsulotlarining prototiplarini ishlab chiqish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish;
• muntazam ravishda yangi texnologiyalar ko‘rgazmasini tashkil etish asosida texnologiyalar transferini amalga oshirish.
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22:05 / 12.04.2026