Jahon | 14:40 / 31.10.2019
6273
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Yaponiyada YuNeSKO ro‘yxatidagi qadimiy qal'a butunlay yonib ketdi

EPA/TASS

Yong‘in payshanbaga o‘tar kechasi asosiy korpus zalida boshlangan. Yong‘in vaqtida qal'a ichida odamlar bo‘lmagan, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Olov chiqishi sababi aniqlashtirilmoqda.

Foto: Wataru Kohayakawa/AFLO/Global Look Press
REUTERS

Yong‘in jami 6 ming kvadrat metr maydonga tarqalgan va 7ta binoni to‘liq yakson qilgan, jumladan binolar kompleksini ham.

GETTY IMAGES

Mahalliy politsiya ma'lumotiga ko‘ra, yong‘indan avval qal'ada Ryukyu sulolasi madaniyati festivali o‘tkazilgan, 30 oktabr kuni xodimlar yana bir bayram marosimiga faol ravishda tayyorgarlik ko‘rishgandi.

GETTY IMAGES

Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suganing ma'lum qilishicha, hukumat ushbu qal'ani qayta tiklash uchun bor imkoniyatlarni ishga soladi.

Syuri qal'asi XIV - XV asrlarda qurilgan va Okinava qadimiy madaniyatining asosiy ramzlaridan hisoblanadi. Majmua Ryukyu davlati hukm surgan vaqtda monarx uchun qarorgoh bo‘lgan.

EPA/TASS

1945 yilda Okinava uchun urush vaqtida qal'a yerto‘lasida Yaponiya imperatori armiyasi shtabi joylashgandi. 25-27 may kunlari Amerikaning Missisipi linkori artilleriyasi qal'ani o‘qqa tutgan va u yonib ketgandi.

Shundan so‘ng Syuri qal'asi ko‘p yillar davomida xaroba bo‘lib yotgan. O‘rta asrlar yodgorligini restavratsiya qilish ishlari 1980-yillarga kelib boshlanadi, 1992 yildan esa tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi.

2000 yilda Syuri qal'asi Ryukyu orolidagi qadimiy davlatga mansub bo‘lgan boshqa obidalar bilan birgalikda YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid