Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiya va Eron barqarorlikka tahdid solayotganini aytdi
U Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias bilan uchrashuvda mintaqaviy masalalar, Eron va Turkiyaning tahdidi to‘g‘risida suhbatlashganini ma'lum qildi.
Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats Turkiya va Eron Yaqin Sharqdagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotganini aytdi.
U Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias bilan uchrashuvda mintaqaviy masalalar, Eron va Turkiyaning tahdidi to‘g‘risida suhbatlashganini ma'lum qildi.
"Eron – o‘zining yadroviy dasturi, raketalari va "Hizbulloh" va XAMAS kabi terrorchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashi bilan, Turkiya – Suriyadagi kurdlarga hujumi hamda dengiz va havo sarhadlarini muntazam buzishi, radikal tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashi bilan tahdid solmoqda", - dedi Kats.
Isroil tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, ular barcha sohalarda, jumladan mudofaa, energetika, investitsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishgan.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024