Yunusobodda yuz bergan yong‘inda ikki kishining hayoti saqlab qolindi
2019 yilning 31 oktabr kuni soat 06:26da Toshkent shahri Yunusobod tumani 15-dahasidagi ko‘p qavatli 23-uyning 31-xonadonida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikalari yuborilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 7 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06:44da o‘chirilgan. Yong‘inni bartaraf etish vaqtida ushbu xonadonga mehmonga kelgan ikki nafar fuqarolar: 1955 yilda tug‘ilgan fuqaro V.G. va 1949 yilda tug‘ilgan fuqaro L.G. yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan qutqarilgan (hozirda ahvoli qoniqarli). Yong‘indan uyning 45 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in oqibatida uyning 5 kv. metr maydonda xona jihozlari yonib zararlangan. Hodisaning taxminiy sababi - mast holda sigareta chekib, uxlab qolish. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.