Davlat dasturi ijrosini kechiktirgan vazirliklar va idoralar rahbarlariga choralar ko‘rilgan - Hukumat hisoboti
31 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat dasturining 2019 yil III choragida bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti tinglandi.
Majlisda deputat Shuhrat Mamajonov Davlat dasturi bandlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini kechiktirgan vazirlik va idoralar, mansabdor shaxslarga nisbatan qanday jazo choralari qo‘llanayotgani bilan qiziqdi.
«Vazirlar Mahkamasida Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha har oylik monitoring tizimi bor. Ushbu tizim asosida har oyda vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar Adliya vazirligi tomonidan umumlashtirilgan holda Hukumatga kiritiladi.
Hukumatda tegishli tarmoqlar, tegishli kotibiyatlar bilan ishlangan holda natijalari Rayosatga olib chiqiladi. Rayosatda o‘z muddatida bajarilmagan yoki bajarilishida muammolar kelib chiqayotgan masalalar muhokama qilinadi. Natijalari bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning rahbarlariga yoki Vazirlar Mahkamasining apparati xodimlariga nisbatan chora ko‘rilgan holatlar bor. Bu haqda parlamentga batafsil qo‘shimcha ma'lumot beriladi», deya Vazirlar Mahkamasi apparati rahbarining birinchi o‘rinbosari Nusratbek To‘ychiyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning aytishicha, Davlat dasturining 24 bandi bo‘yicha ishlashda davom etilayotgani uchun oxiriga yetkazilmagan, bular bo‘yicha Oliy Majlis qo‘mitalarining fraksiyalari yig‘ilishda bandma-band izoh berilgan.
«Davlat dasturining 24ta bandi bo‘yicha hali ishlar davom ettirilmoqda, nazoratdan olinmagan. Nazoratdan olishga bizning haqqimiz yo‘q. Bu ishlarni oxiriga yetkazamiz. Ayrim hujjatlar bo‘yicha yangi, qo‘shimcha topshiriqlar bo‘lgan joylari bor. Shular asosida qayta ishlanyapti, ularni oxiriga yetkazib rahbariyatga axborotini beramiz», dedi Nusratbek To‘ychiyev.
Mavzuga oid
19:08 / 25.10.2024
Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi
20:25 / 23.07.2024
Xorijdagi mahkum o‘zbekistonliklar jazoni vatanida davom ettirishi mumkinligi belgilanmoqda
19:14 / 23.07.2024
O‘zbekistonda “treningchi”lar faoliyati tartibga solinadi
14:10 / 09.07.2024