Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«ERIELL Group»: 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dastur rejasi jadal amalga oshirilmoqda
«ERIELL Group» kompaniyasi «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikdagi «2017-2021 yillar uchun mo‘ljallangan uglevodorod xom-ashyosini qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» bo‘yicha so‘nggi ma'lumotlarni oshkor qildi.


1. «Dengizko‘l» konidagi quduq bo‘yicha:
Muborak tumanida joylashgan «Dengizko‘l» konidagi №317 NN qudug‘i muvaffaqiyatli tarzda foydalanishga topshirildi. Bu jarayonda 114×9 mm diametrli gaz quvuri 550 metr masofaga tortildi. Quduq «Dengizko‘l» konida amalda bo‘lgan kirish tarmoqlari blogiga ulandi.


2. «Oydin» konidagi quduq bo‘yicha:
Sho‘rtan hududida joylashgan «Oydin» konidagi №12 qudug‘i foydalanishga topshirildi. Bu jarayonda ham 114×9 mm diametrli gaz quvuri yanada ko‘proq – 2410 metr masofaga tortildi. Quduq «Nomozboy-Oydin» nomli gazni dastlabki tayyorlash uskunasiga ulandi.
«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
16:35 / 28.04.2026
Boysunda neft daryoga oqib ketgani bo‘yicha 8,5 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
09:17 / 05.03.2026
Baxtiyor Fozilovning bizneslarida nimalar yuz beryapti?
12:59 / 29.12.2022
ERIELL Group yangi yil oldidan bolalarni xursand qildi
12:44 / 02.12.2022