Baxtiyor Fozilovning bizneslarida nimalar yuz beryapti?
|14:17 / 05.03.202653 83610 min
Eriell kompaniyasining bir guruh xodimlari Kun.uz'ga murojaat qilib, 8 oydan beri maoş olmayotganliklaridan şikoyat qildi. Oxirgi paytlarda bu kompaniya egasiga aloqador boşqa qator kompaniyalar faoliyatida ham turli noxuşliklar röy bermoqda.
Siz har kuni işga borasiz va özingizga yuklatilgan vazifalarni bajarasiz. Lekin qilgan mehnatingiz uçun 8 oydan beri oylik berişmayapti.... Gap pasporti olib qöyilib, çet ellarda qulday işlatilgan vatandoşlar haqida ketmayapti. Kun.uz'ga Eriell kompaniyasining işçilaridan navbatdagi murojaat kelib tuşdi. Ular 2025 yil mayidan beri maoş olmaganliklarini aytmoqda.
Eriell xodimlari öz murojaatida 2025 yilning iyun, iyul, avgust, sentabr, oktyabr, noyabr, dekabr oylari hamda 2026 yilning yanvar oyi uçun maoşlar haligaça berilmayotganidan norozilik bildirişgan.
“Oyligimizni talab qilsak, işdan böşatiş bilan tahdid qilişadi, majlislarda telefonlarimizni olib qöyişadi, videoga olişga ruxsat berişmaydi. Mas’ul idoralarga murojaat qilmoqçi bölsak, sarson bölyapmiz. Heç kim aniq javob bermaydi. Köpçilikning uyida ahvol oğir. Kreditlari bor. Penya hisoblanyapti. Bolalarimiz bor, yeyişga göşt yöq paytlar bölyapti. Biz faqat halol mehnatimiz uçun işlab topgan pulimizni sörayapmiz xolos”, deyiladi murojaatda.
Eriell kompaniyasi matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban maoşlar keçikişi muammosi borligini rad etmadi.
“Ma’lum qilamizki, kompaniya xodimlariga iş haqi tölovlari amalga oşirilmoqda. Hozirda jarayon davom etmoqda va mavjud qarzdorlik yaqin vaqt içida bosqiçma-bosqiç qoplanadi. Kompaniya vaziyatni barqarorlaştiriş va xodimlar oldidagi majburiyatlarini bajariş böyiça barça zarur çoralarni körmoqda.
Şuni alohida ta’kidlaymizki, kompaniya xodimlarga nisbatan heç qanday bosim çoralarini qöllamaydi va jamoa bilan oçiq hamda konstruktiv muloqotdan manfaatdor”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
Umuman olganda, maoşlar keçikişi bilan boğliq muammo – Eriell va unga affillangan Enter Engineering kompaniyasida muttasil ravişda kuzatilyapti.
Uşbu firmalar özbekistonlik tadbirkor Baxtiyor Fozilovga tegişli bölib, oxirgi paytlarda unga bevosita va bilvosita aloqador bölgan korxonalar atrofida savollar köpayyapti.
M25 konidagi avariya
2024 yilning 1 sentabr kuni Özbekistondagi hali özlaştirilmagan eng yirik gaz konida avariya röy berdi. Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konidan oltingugurt gazi sizib çiqdi. Yuzlab odamlar öz uylarini tark etib, ma’lum muddat boşqa joyda yaşaşga majbur böldi. Kuzatilgan portlaşlardan keyin, konni özlaştiriş va yoniga gaz-kimyo majmuasi quriş
2023 yilgi taqdimotda zavod 2024 yil may oyida işga tuşişi, 2025 yilda esa töla quvvatda işlay boşlaşi aytilgandi. Hozir esa nafaqat loyiha kelajagi, balki avariya oqibatlari bilan boğliq mas’uliyat ham savol ostida qolyapti.
“Mustaqillikning 25 yilligi” koni 60-yillarda aniqlangan, birinçi quduq 70-yillarda burğilangan bölsa ham, joylaşuvi va tuzilişi murakkabligi sabab uzoq yillar uni özlaştirişning imkoni bölmay keldi. Navbatdagi uriniş 2017 yil Moskvada imzolangan şartnoma asosida boşlangandi. Şartnomaga asosan, kon yaqinida gazni qayta işlaş zavodi va gaz-kimyo majmuasi qurilişi ham közda tutilgan. Loyihada Özbekiston hukumatidan taşqari, investor sifatida rossiyalik Andrey Filatov va Baxtiyor Fozilov kompaniyalari iştirok etyapti. Pudrat işlari Fozilovga tegişli Eriell va Enter Engineering kompaniyalariga topşirilgan. Hozirgaça bu ikki kompaniya, şuningdek, Hongkongda röyxatdan ötgan loyiha operatori kondagi texnogen ofat yuzasidan izoh bermay kelmoqda.
“Boqiy Buxoro” loyihasi
Ikki yil oldin Buxoro şahri markazidagi 33 gektar hududda turistik markaz qurilişi boşlangandi. Loyiha uçun şahardagi stadion, Buxoro viloyati hokimligi va boşqa qator katta obektlar buzişga tuşdi. 2024 yil boşida Enter Engineering keng kölamli buziş işlarini boşlab yubordi, lekin bir muddat ötib işlar töxtab qoldi.
Rasmiylar 470 mln dollarga baholangan Buxoro turizm markazi “investor mablağlari hisobidan” amalga oşirilişini ma’lum qilgandi. Keyinçalik ayrim manbalar quriliş işlari töxtab qolişini tanlangan “investor”dagi moliyaviy muammolar bilan boğladi.
Keyinçalik, ötgan yil yozida Toşkent şahrida elektr energiyasi va suvdan qarzdorlik böyiça davlat taşkilotlari hamda Enter Engineering örtasida sud jarayonlari ketayotgani ma’lum bölgandi. Bu orada Enter Engineering xodimlariga oylik bermayotgani haqida bir neça bor şikoyatlar yangradi.
Hokkey
2018 yilda Özbekiston Hokkey federatsiyasi taşkil etilib, uning rahbari sifatida Baxtiyor Fozilov saylangandi. Tadbirkor qariyb 8 yildan beri federatsiyaga rahbarlik qilib kelyapti. Ammo oxirgi paytlarda “Humo” hokkey klubi ham iqtisodiy muammolarga duç kelganga öxşaydi. Jamoaning belaruslik hujumçisi Danila Karaban öz intervyusida 2025 yil yanvar-aprel oylari davomida hokkeyçilarga oylik berilmagani, faqatgina prezident nomiga xat yöllanib, vaziyatga aralaşiş söralganidan keyin 2 oylik maoşlar tölab berilgani haqida aytgandi.
Ötgan yil bahorida klub tarkibidagi yetakçi hokkeyçilar boşqa jamoalar bilan şartnoma imzolay boşladi. 2025 yil yozida esa “Humo” hokkey klubining 2025–2026 yilgi mavsumda Qozoğiston oçiq çempionatida iştirok etmasligi tasdiqlandi va bu moliyaviy muammolar bilan boğlandi.
FNQZ va “Samarqandkimyo”
Fozilovga tegişli “Sanoat energetika guruhi” (Saneg) 4 yil oldin Farğona neftni qayta işlaş zavodini 100 mln dollarga xarid qilgandi. Keyinçalik şartnoma şartlariga tölovni bölib tölaş imkoniyati ham qöşilgani oydinlaşdi. 2025 yilning avgust oyida uşbu zavod işçilari ham ikki oydan beri oyliksiz işlayotganini aytib, murojaat bilan çiqişdi. 2026 yil 26 fevral holatiga köra ham FNQZning 58,5 foiz uluşi Davaktivga, 41,5 foiz uluşi esa Saneğga tegişli. Ya’ni belgilangan tölov amalga oşirilmagani uçun hali ham kompaniyadagi töliq uluşlar Saneg ixtiyoriga ötmagan. Bu orada Saneg zavodning bir qismini 140 mln dollarga sotdi.
Şuningdek, 2019 yilda Fozilovga tegişli bölgan Ferkensco kompaniyasi tomonidan investitsiya kiritiş şarti bilan xususiylaştirilgan “Samarqandkimyo” zavodining 25 foiz uluşi 2025 yilning yakunida davlat ixtiyoriga qaytarilgan.
Samarqanddagi boşqa aktivlar
Joriy yil yanvar oyida Özbekiston Milliy banki mehmonxona va turizm biznesi sohasida tajribaga ega kompaniyalarga Silk Road Samarkand turistik majmuasini boşqariş böyiça uzoq muddatli hamkorlik taklifi bilan çiqdi. Baxtiyor Fozilov 2022 yilda oçilgan uşbu majmua asosçilaridan biri sifatida keltirilgan. U – Silk Road Samarkand loyihasining buyurtmaçisi bölgan “Samarkand Touristic Centre” MÇJning 20,7 foiz uluşiga egalik qiladi, qolgan 79,3 foiz uluş Milliy bankka tegişli.
Bundan taşqari, 2024 yilning noyabr oyida Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Saneğga (Eriell guruhi) tegişli Samarqand xalqaro texnologiya universitetining çet ellik professori oyligi keçikayotgani haqida aytib ötgandi.
2025 yilning kuzida esa ellikka yaqin Rossiya fuqarosi 3 oydan beri Air Samarkand aviakompaniyasidan maoş ololmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Aviakompaniya bayonot berib, kutilmagan xarajatlar tufayli “moliyaviy çaqiriqlar”ga duç kelinganini ma’lum qildi. “Sam Air” MÇJning 51 foiziga Baxtiyor Fozilov, 49 foiziga Bahodir Ğafurov egalik qiladi. Fozilov, şuningdek, Samarqand xalqaro aeroportini işonçli boşqaruvga olgan “Air Marakanda” MÇJga ham affillangan.
Tugatilayotgan bank
Markaziy bank boşqaruvining 15 yanvardagi qarori bilan, Yangi bank litsenziyasi bekor qilindi. Bank ustav kapitalini belgilangan miqdorga yetkazmagan, şuningdek, boşqa qonunçilik talablarini bajarmagan. Markaziy bank qarori bilan, Yangi bank tugatilmoqda.
Bank ta’sisçisi bölmiş “Yangi Group” MÇJ 2020 yil iyunda röyxatga olingan. Bu kompaniyaga 2019 yil noyabr oyida Singapurda oçilgan Yangi Holding egalik qiladi. Yangi bank va Yangi Group rahbari sifatida Smirnov Timofey Valentinoviç körsatilgan. U tadbirkor Baxtiyor Fozilovga tegişli “Sanoat energetika guruhi Enera” MÇJning ham rahbari hisoblanadi.
Baxtiyor Fozilov kim?
Baxtiyor Fozilov 1975 yilda Samarqandda tuğilgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini çarm buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişga yönaltirilgan import-eksport biznesidan boşlagani aytiladi.
Fozilov 2000 yilda neft va gaz sanoatiga kirib keladi va 2004 yilda Eriell kompaniyasiga asos soladi. Enter Engineering korxonasi esa 2012 yilda taşkil etilgan bölib, muqaddam Gazprombank nazoratida bölgan. Kompaniya neft va gaz, sanoat va fuqarolik obektlarini loyihalaş, yetkazib beriş, quriş va işga tuşiriş böyiça xizmatlar körsatadi.
Uşbu ikki kompaniya tadbirkorning eng asosiy aktivlari hisoblanadi. Xususan, 2023 yilning boşida “Özbekneftgaz” taqdim qilgan ma’lumotlarga köra, Fozilovning korxonalari Özbekistonda qiymati 17,6 mlrd dollar bölgan 9 ta loyihada iştirok etişi közda tutilgan.
Şuningdek, Jizzaxda qurilişi rejalaştirilayotgan AES loyihasida ham subpudratçi sifatida Enter Engineering tanlangan.
2022 yil may oyida berilgan rasmiy ma’lumotga köra, Özbekistonda neft qazib çiqarişning taxminan 80 foizi 103 ta neft-gaz koniga egalik qiluvçi “Sanoat energetika guruhi” hissasiga töğri keladi. Uşbu tuzilmaga 2022 yil 17 noyabrda Hongkongda ta’sis etilgan Belvor Holding egalik qiladi. 2021 yilda Rossiyaning “Kommersant” naşri Kiprdagi korporativ reyestrga tayanib Belvor Holding Baxtiyor Fozilovga tegişli ekani haqida yozgan.
Bundan taşqari, Baxtiyor Fozilov Özbekistondagi eng yirik gaz saqlaş ombori – Gazlini boşqaruvçi Gazli Gas Storage'ning asosiy benefitsiari hisoblanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi