Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 31 oktabr kuni TIVda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Buyuk Britaniyaning favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlot O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Bitim keng qamrovli hujjat bo‘lib, u amaldagi huquqiy asosni saqlash va tomonlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Ushbu xalqaro hujjat Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishidan so‘ng O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligining shartnomaviy munosabatlari davomiyligini ta'minlashga va barcha sohalarda har tomonlama amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga imkon yaratadi.
Shartnoma tomonlarning ichki davlat jarayonlarining bajarilishi to‘g‘risidagi so‘nggi yozma ma'lumot olingan sanadan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatda shartnomani kuchga kirgunga qadar vaqtincha qo‘llash imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?
Jamiyat | 22:33
-
Aholi tashabbuslari uchun maydon, ekologik inspektorlarning kaltaklanishi, YPX xodimining qahramonligi, Toshkentdagi UzFace tizimi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:26
-
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi
Jahon | 22:00
-
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57
Mavzuga oid

07:20 / 16.07.2025
Tramp sentabrda Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keladi

07:30 / 15.07.2025
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi

17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

22:37 / 13.07.2025