Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtdan uy sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaroni 50 mln so‘mga aldab ketishdi
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi N. O. poytaxtdan uy sotib olishni anchadan buyon rejalashtirib yurgandi, deb yozadi «Postda» nashri.
Qayd etilishicha, shunday kunlarning birida uyiga mehmon bo‘lib kelgan surxondaryolik F. T. unga «maslahat» berdi. Ayni paytda poytaxtning Sergeli tumani hududida ko‘p qavatli uylar qurilayotganini, agar rozi bo‘lsa, o‘sha uylardan xonadon olib berishini aytib qoldi. Bu mezbonning ko‘nglidagi gaplar edi. Darrov rozi bo‘ldi. Mehmonning gaplariga ishonib, xonadon uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida 50 million so‘mni uning qo‘liga tutqazdi.
Oradan kunlar, oylar o‘tdi. Lekin va'da qilingan uydan darak bo‘lmadi. Aldanganini bilgan N. O. holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Dastlabki surishtiruvlarda ma'lum bo‘ldiki, F. T. pulni allaqachon o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan ekan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
15:47
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026