Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga subsidiyalar tabaqalashtiriladi
Prezident 2019 yil 25 oktyabrda PQ-4499-son bilan tegishli qarorni imzoladi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Hukumat tomonidan tomchilatib sug‘orishni joriy etish uchun subsidiyalar – paxta xomashyosi va uzum ekiladigan maydonning 1 gektari uchun 8 mln so‘m miqdorida, shuningdek yangi bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini yaratish maqsadida 1 gektar uchun 6 mln so‘mdan oshmagan miqdorda to‘lanmoqda.
2020 yil 1 yanvardan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish qismida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi kiritilmoqda:
birinchidan, bunday texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiyalar quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: bazaviy miqdor qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentlarga ko‘paytiriladi. Bazaviy miqdor tomchilatib sug‘orish tizimi uchun 8 mln so‘mni, yomg‘ir usulida sug‘orish bo‘yicha - 4 mln so‘mni hamda diskretli sug‘orish uchun - 1 mln so‘mni tashkil etadi;
ikkinchidan, quyidagilarga beriladigan kreditlar bo‘yicha foizlarning bir qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiyalanadi:
a) paxtani tomchilatib sug‘orish va keng qamrovli sug‘orish tizimini, shuningdek donli ekinlarni keng qamrovli sug‘orish va «sprinkler» tizimini joriy etishga – 1 gektar ekin maydoni uchun 20 mln so‘mdan oshmaydigan qismi bo‘yicha valuta turidan qat'i nazar, banklar tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, biroq quyidagilardan oshmaydigan miqdorda:
• milliy valutadagi kreditlar uchun – 10 foizlik punktdan oshmagan miqdorda;
• xorijiy valutadagi kreditlar uchun – 3 foizlik punktdan oshmagan miqdorda;
b) paxtani diskretli sug‘orishni, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari, mevali ekinlar va uzumni tomchilatib sug‘orish, ozuqabop ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshkani keng qamrovli sug‘orish va «sprinkler» tizimi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda joriy etishga;
uchinchidan, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlari doirasida tuzilgan import shartnomalari majburiy tartibda ekspertizadan va ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Birinchi navbatda, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari ekin maydonlarida joriy etiladi, ushbu maydonlarga nasos stansiyalari va agregatlar yordamida, shu jumladan sug‘orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan suv chiqariladi.
2022 yildan boshlab paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun bunday quduqlardan foydalanish hamda nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste'mol qilgan elektr energiya qiymatini to‘lashga subsidiyalar olishning majburiy sharti suv tejovchi sug‘orish tizimlarini qo‘llash hisoblanadi.
Kam hosil beradigan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash 2020 yildan to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
08:20 / 20.05.2026