Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburg–Urganch yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot Samarada favqulodda qo‘ndi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan O‘zbekistonning Urganch shahriga uchgan samolyot yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilishi oqibatida Samaradagi aeroportda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda RIA Novosti aeroport matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
«To‘rtinchi noyabr kuni Kurumoch xalqaro aeroportida Sankt-Peterburg–Urganch yo‘nalishida uchayotgan Uzb 638 reysi majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Majburiy qo‘nishning sababi – bortda bo‘lgan yo‘lovchi o‘zini noxush his qilganidir», - deya xabar bergan agentlik manbasi.
Samarada yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va u tezkorlik bilan shahar shifoxonalaridan biriga yotqizildi. Mahalliy vaqt bilan soat 14:20da samolyot parvozini davom ettirgan.
Bundan avvalroq Moskva - Dushanbe yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ngandi.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026