Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyaning neftga boy hududida harbiy bazalar qurishni boshladi
Vashington Suriyaning neftga boy hududida ikkita yangi harbiy baza qurishni boshladi.
Anadolu axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Suriyaning Daur-az-Zor viloyatidagi Sur aholi punkti tomon qurilish texnikasi, og‘ir qurol hamda 200-300 askar yo‘l olgan. Mahalliy manbalarning xabar berishicha, amerikalik harbiylar bazani shakllantirishga tayyorlanishmoqda.
26 oktyabrda Iroqdan Suriyaning neftga boy hududlariga 170 transport vositasida amerikalik harbiylar qaytgan. Keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada Vashingtonni chegaralarni nazorat qilish emas, neft qiziqtirishini ochiqchasiga aytgan.