O‘zbekiston | 16:57 / 05.11.2019
8144
2 daqiqa o‘qiladi

«ERIELL Group»: davlat rahbari qarori bilan belgilangan topshiriq muddatidan bir yil avval bajarildi

Foto: ERIELL Group

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Surgil» koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi va jihozlanishiga oid qarorlarini (№PQ-797, № PQ-1168, № PQ-1594) amalga oshirish doirasida Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida «Uz-Kor Gas Chemical» QK  MChJ va «ERIELL Group» kompaniyalari o‘rtasida bu konda 50 ta quduqni tayyorlash (burg‘ilash va jihozlash) yuzasidan shartnoma imzolangandi.

Ta'kidlash kerak, 2016-2019 yillar oralig‘ida «Surgil» konidagi barcha burg‘ilash ishlari MR-225-ER va ZJ-40, hamda AK-60 ko‘tarish uskunasi yordamida olib borildi. Shartnoma shartlariga ko‘ra bitta quduqni foydalanishga topshirish uchun 110 sutka, shundan burg‘ilash va mustahkamlash jarayoniga 80 sutka ajratilgan. Burg‘ilashning loyihaviy tezligi oyiga 1103 metr/stanokni tashkil qilishi kerak bo‘lgan.

Ammo burg‘ilovchi brigadalar mutaxassislarining hamjihatlikda va samarali ishlashlari natijasida o‘rtacha 2950 metr chuqurlikdagi bitta quduqni burg‘ilash ishlariga 59 sutka sarflandi. Ya'ni har bir quduq 21 sutka tezroq burg‘ilab bo‘lindi. O‘rtacha tijoriy tezlik loyihaviy rejadan 1,36 marta yuqoriroq bo‘ldi va 1500 metr/stanokni tashkil qildi.

Natijada kompaniya mazkur yirik loyihani muddatidan bir yil oldin o‘z nihoyasiga yetkazish bilan birga 50 ta quduqni foydalanishga topshirish va 147500 pogonometr tog‘ jinslarini burg‘ilash ishlari yakunlandi.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid