O‘zbekiston | 10:10 / 06.11.2019
3641
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Xabarovskdan Toshkentga qatnov yopilganini rad etdi

Foto: RIA Novosti / Vyacheslav Reutov

Rossiya OAVda Xabarovskdan Toshkentga aviaqatnov yopilgani haqida xabar e'lon qilindi. Uzbekistan Airways’ning ma'lum qilishicha, ushbu xabardagi ma'lumot haqiqatdan yiroq.

Qayd etilishicha, Xabarovsk – Rossiya Uzoq Sharqining eng yirik shaharlaridan biri bo‘lib, xalqaro temir yo‘l va havo yo‘llari kesishmasida joylashgan ma'muriy, madaniy va sanoat markazi hisoblanadi. 

Toshkent-Xabarovsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovlar 2019 yil 8 iyul kunidan qayta yo‘lga qo‘yilib, Uzbekistan Airways va Platinum Fly Travel hamkorligida hozirgacha amalga oshirilib kelinmoqda.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar Boeing-767 turdagi samolyotlarda, ikki haftada bir marta amalga oshiriladi. Toshkentdan HY-3537 qatnov parvozi soat 10:30da boshlanib, samolyot soat 22:30da Xabarovskka yetib boradi. Parvoz vaqti 7 soatni tashkil etadi.

Xabarovskdan Toshkentga qaytuvchi HY-3538 qatnovi esa soat 01:00da boshlanadi. Toshkentga qo‘nish vaqti – soat 03:30da. Parvoz vaqti – 7 soat 30 daqiqa.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid