O‘zbekiston | 16:25 / 07.11.2019
2922
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik komissiyasi tuziladi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Senat delegatsiyasining Qozog‘istonga rasmiy tashrifi chog‘ida yana bir tashabbus – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati hamkorligi bo‘yicha komissiya tuzish taklifi ilgari surildi. 

Senat axborot xizmatiga ko‘ra, bu g‘oyadan Qozog‘iston tomoni ham mamnun bo‘lgan. 

Yangi tuzilmaning asosiy vazifasi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tizimlashtirish, shuningdek turli darajalarda erishilgan shartnomalarning bajarilishiga ko‘maklashish va bu jarayon ustidan parlament nazoratini ta'minlashdan iborat. Bundan tashqari, Hamkorlik komissiyasi milliy parlamentlar tomonidan ikki davlat manfaatlariga javob beradigan qonunlarning qabul qilinishini ta'minlaydi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muloqotning faollashuviga ko‘maklashish ham Komissiyaning vazifasi hisoblanadi. Bu yo‘nalishda ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar samaradorligini ta'minlash bo‘yicha ham ish olib boriladi.

Yangi tuzilma O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi amaliy mazmun bilan boyitilgan aloqalar rivojining yangi bosqichida qo‘yilayotgan muhim vazifalarni hal etishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid