Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltiariqda yuz bergan yong‘in oqibatida beshikda bo‘lgan chaqaloq vafot etdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 7 noyabr kuni soat 13:24da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Navbahor MFY Yangiqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan 45-uyda yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, yong‘in oqibatida 2018 yilda tug‘ilgan qizcha tutundan zaharlanib, voqea joyida halok bo‘lganligi haqida Oltiariq tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam bo‘limidan tuman Ichki ishlar bo‘limiga xabar berilgan.
Tezkor-tergov guruhi xodimlari tomonidan voqea joyiga borib, hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, yashash xonada nosoz elektr isitish moslamasini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirilishi natijasida uyning 5 kv.metr maydonda pol qismi va ichki jihozlari yonib zararlanganligi, achinarlisi shu xonada beshikda bo‘lgan chaqaloq tutundan zaharlanib, vafot etganligi ma'lum bo‘lgan.
“Aziz hamyurtlar! Qo‘lbola va nosoz gaz, elektr isitish moslamalaridan foydalanmang, isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiyasi va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling, yosh bolalarni va go‘daklarni uyda qarovsiz, nazoratsiz qoldirmang”, - deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

19:57 / 20.07.2025
Indoneziyada bortida 280 kishi bo‘lgan parom yonib ketdi (video)

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

11:02 / 19.07.2025
Shayxontohur tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

14:26 / 17.07.2025