Surxondaryoda 8000 dollarlik giyohvandlik vositasining savdosiga chek qo‘yildi
2019 yil 1 noyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Denov tumanida tezkor tadbir olib borilgan.
IIV axborot xizmatiga ko‘ra, tadbir davomida shu tumanda yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro N. Denov tumani hududida sof og‘irligi 732.49 gramm bo‘lgan 200 dona gugurt qutiga joylangan “Marixuana” giyohvandlik moddasini 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, N.ning uyi ko‘zdan kechirilganida, uning uyidagi shkafidan 3,34 gr “Marixuana” giyohvandlik moddasi olingan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida fuqaro N. ushbu giyohvandlik moddasini Denov tumani Kuyovsuv mahallasida yashovchi fuqaro A.dan olganligi ma'lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng, fuqaro A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, uning uyidan 194,09 gr “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro N. va A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) va 25-moddalari (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish)ning tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
11:50 / 09.10.2024
Toshkentda giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatish holatlari fosh etildi
14:30 / 05.10.2024