O‘zbekiston | 10:11 / 09.11.2019
9671
2 daqiqa o‘qiladi

Tirbandliklarning oldini olish va nazorat qilish: Ko‘p qavatli uylar tepasiga yuqori pikselli videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda harakat xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish va IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» loyihasida aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, avtotransport vositalarining harakatlanish tezligini oshirish bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish mo‘ljallanmoqda.

Bunda:

yo‘l harakatini tartibga solish, transport vositalarining tezligini nazorat qilish maqsadida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan foto-video qayd etish qurilmalarini xarid qilib, yo‘llarga o‘rnatish va IIV DYHXXning “Ma'muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish;

yo‘l va ko‘chalarda tirbandliklarni hosil bo‘lishini oldini olish, transport vositalarini harakatlanishini nazorat qilish maqsadida ko‘p qavatli joylashgan uylarning tepa qismiga yuqori pikselli videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ijro muddati - 2019-2020 yillar va 2020-2021 yillar, mas'ul ijrochilar - QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid