Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Eronning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat va ushbu mamlakatdagi tinchlik jarayoni yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron tashqi ishlar vazirining hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi, Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Ibrohim Tohiriyon Fard bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat va ushbu mamlakatdagi tinchlik jarayoni yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Eron tomoniga Afg‘oniston muammosini hal etish borasidagi O‘zbekiston sa'y-harakatlari, Afg‘onistonni iqtisodiy tiklash borasidagi mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Eron diplomati Afg‘onistonni mintaqaviy jarayonlarga keng miqyosda integratsiyalashuvi va O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan turli infratuzilma loyihalarini tatbiq etishda amaliy yordam berish bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosatini yuqori baholadi.
Shu o‘rinda, Muhammad Ibrohim Tohiriyon Fard O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlari qiyofasidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlardan hayratda ekanligini izhor etar ekan, bu o‘zgarishlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan, shuningdek, avvalo mintaqadagi qo‘shnilar bilan ochiqlik va ishonchga asoslangan maqsadli siyosat bilan bog‘ladi.
Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish muhimligi nuqtai nazaridan, suhbatdosh mintaqa davlatlarining bu boradagi sa'y-harakatlarini jipslashtirish zarurligini alohida ta'kidladi.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
20:20 / 15.07.2026
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
09:40 / 14.07.2026