Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qurilishda korrupsiyaning oldini olish maqsadida yangi qaror qabul qiladi
Qurilish vazirligi “Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorladi.
Qaror loyihasida quyidagi masalalar nazarda tutilmoqda:
birinchidan, obektlar qurilishida ishtirok etayotgan Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash va yuritish tartibini belgilovchi nizom tasdiqlanishi bilan sohada olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, pudrat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov savdolarining shaffofligini ta'minlashga qaratilgan yangi mexanizm joriy etiladi.
Shuningdek, mazkur qarorda sohada korrupsiyaning oldini olish maqsadida Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash va yuritilishi ustidan monitoring yuritish bo‘yicha Kuzatuv kengashi tashkil etilishi belgilangan.
Ikkinchidan, ushbu mexanizmni to‘laqonli ishlashini ta'minlash maqsadida Qurilish vazirligining markaziy apparati tuzilmasidagi Pudrat ishlari bozorini muvofiqlashtirish boshqarmasi tarkibida Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash va yuritish bo‘limini tashkil etish hamda buning uchun qo‘shimcha 4 ta shtat birliklari (bo‘lim boshlig‘i, 2 ta bosh mutaxassis, 1 ta yetakchi mutaxassis) hamda 2 ta avtotransport vositasi ajratish ko‘zda tutilgan.
Mazkur qarorning qabul qilinishi natijasida qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatini kengaytirish, qurilish-montaj ishlari hajmini oshirish va pudrat ishlari bozorini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Qayd etilishicha, ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi talab etilmaydi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025