Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva oblasti va shahrida 60 mingdan ortiq buxorolik mehnat migranti ishlamoqda
Hozirgi kunda Rossiyaning Moskva oblasti va shahrida 60 mingdan ortiq buxorolik mehnat migrantlari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.
Buxoro viloyatida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari hamkorligida mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan anjumanda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev shu haqda ta'kidlab o‘tdi.
Anjumanning asosiy maqsadi O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishi jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish masalalariga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur anjuman O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari o‘rtasida 2017 yil 5 aprelda tuzilgan “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda jo‘natish va jalb qilish to‘g‘risida”gi Kelishuvni amalga oshirish doirasida 12-13 noyabr kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026